Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYNING SANOAT ZONALARI TASHKIL ETISH BO’YICHA ILG’OR TAJRIBALARI O’RGANILDI

×

 2024-06-19 16:40:02    1363

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi vakillari Xitoyga amaliy tashrif davomida Shensi provintsiyasining Linfen shahrida joylashgan Iqtisodiy rivojlanish hududidagi Ganting sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdilar.

13 ming gektar hududda barpo etilayotgan ushbu sanoat zonasida hozirgi kunda 2 ming 600 gektar maydonda 400 ta ishlab chiqarish korxonasi faoliyat olib bormoqda. Xitoyga xos bo’lgan ushbu modeldagi sanoat zonasida ishlab chiqarish uchun bino inshootlar Sanoat zonasi direktsiyasi tomonidan barpo etiladi hamda tadbirkorlarga ijara asosida beriladi. O’z yetarli mablag’iga ega bo’lgan kompaniyalar ishlab chiqarish binolarini o’zlari ham qurib olishlari mumkin. Ushbu hududdagi korxonalarning 75 foizi tayyor qurib berilgan binolarda ijara asosida ish olib boradi.

Direktsiya tarkibida qurilish, investitsiyalarni jalb qilish, hududni obodonlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarida ekologiyani muhofaza qilishga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud bo’lib, ular Sanoat zonasini samarali ishlashi uchun xizmat qiladi.

Sanoat zonasi rahbarlari bilan o’tkazilgan muloqotda zona faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq jihatlar, mavjud qonunchilik normalari, tadbirkorlik sub'ektlari bilan shartnomaviy munosabatlar borasidagi xususiyatlar muhokama qilindi.

Viloyat rahbari bu yerda maishiy jihozlar uchun kompressorlar hamda avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchi Huaxiang Group, hovlilarda, dalalarda oqava va sizot sho’r suvlarni hamda sanoat korxonalarida ishlatilgan suvlarni tozalash texnologiyalari ishlab chiqaruvchi Lingzhi Enviromental protection, eng zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Linfen Jingxu New Energy Technology, elektromobillarni quvvatlash jihozlari hamda maishiy foydalanish uchun portativ quyosh energiyasi batareyalari ishlab chiqaruvchi Yao Xing, aqlli texnologiyalar asosida murakkab texnologik qurilish ob'ektlari barpo etuvchi Huazhong Group kabi kompaniyalar korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari hamda mahsulotlari bilan tanishdi, kompaniyalar rahbarlari bilan Farg’onada ishlab chiqarish loyihalari tashkil etish istiqbollari yuzasidan muzokaralar o’tkazdi.

Viloyat rahbari ushbu sanoat zonasida joylashgan, “Qo’qon” EIZ hududida maxsus transport vositalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga kirishayotgan “Zhongke Shangsheng New Energy Vehicle” kompaniyasi ishlab chiqarish korxonasida ham bo’lib, kompaniya rahbari Li Min bilan muloqot qildi, viloyatimizda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan transport vositalarini bevosita ko’zdan kechirdi. Ushbu kompaniya viloyatimizda shuningdek, binolar va xonadonlar uchun innovatsion tayyor holdagi devor, shift va yer qoplamalari ishlab chiqarish loyihasini ham amalga oshirishni rejalashtirgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram