Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATIDAN YUBORILGAN YANGI GILOSNING BIRINCHI PARTIYASI XITOYNING CHENDU SHAHRIGA YETIB KELDI
2024-06-19 20:00:53 1345
“Chendu-Ferghana” savdo-uyi orqali Xitoyga yuborilgan, vazni 700 kg bo’lgan O’zbekiston yangi gilosining jo’natmasi Chendu Tyanfu xalqaro aeroportida bojxonadan o’tdi. Bu eksport qilinayotgan va keyinchalik mahalliy bozorda sotiladigan O’zbekiston yangi gilosining birinchi partiyasi bo’ldi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining 2023 yil sentyabr oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida Farg’ona viloyati va Sichuan provintsiyasi o’rtasida hamkorlik bo’yicha erishilgan kelishuvlar doirasida joriy yilning 3 may kuni provintsiya markazi – Chendu shahrida “Farg’ona savdo uyi” tashkil etilgandi.
Savdo uyi xitoylik ishbilarmonlarga Farg’ona viloyatidan qator turdagi mahsulotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, xitoylik tadbirkorlarga viloyatimiz hududidan sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari import qilish bo’yicha muzokaralar olib borish imkoniyati ham taqdim etilgan.
Chenduga aviakargo orqali yetkazilgan viloyatimiz meva-sabzavotlari uchun bojxona rasmiylashtiruvi "yashil yo’lak" mexanizmidan foydalangan holda uch soat ichida amalga oshirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram