Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!” SHIORI OSTIDA KATTA GALA-KONTSERT O’TKAZILDI

×

 2024-06-21 23:35:12    1984

PDF yuklash
Chop etish


30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan o’tkazilayotgan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi “Yoshlar festivali” viloyatimizda ham yuqori saviyada, ko’tarinkilik bilan tashkil etildi.

Bugun Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-kontsert saroyi ochiq sahnida katta gala-kontsert bo’lib o’tdi.

Tantanali tadbirni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev kirish so’zi bilan ochdilar va viloyatimiz yoshlarini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida to’xtaldilar. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlarga e'tibor va g’amxo’rlik mujassam ekaniga e'tibor qaratilib, farg’onalik yoshlar ham bu yuksak ishonch va imkoniyatlarga munosib bo’lib, kelajakda xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari hamda uning baxt-saodati yo’lida bor kuch-g’ayratlari, bilim va salohiyatlarini safarbar etishlariga tilak bildirildi.

Viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan, har jabhada ilg’or, o’z tengdoshlariga o’rnak bo’layotgan yoshlarga viloyat hokimining tashakkurnomalari va esdalik sovg’alari topshirildi.

Kontsert dasturi davomida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta'minlash uchun amalga oshirilgan ishlar, yo’naltirilgan mablag’lar haqida ma'lumotlar berildi. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, daromad topayotgan yoshlar tomonidan dil izhorlari aks etgan videorolik ham namoyish qilindi.

“Benom”, “Bojalar” guruhlari, Shohruhxon, Shohruh rep kabi taniqli estrada yulduzlari, “Bravo” jamoasi a'zolari hamda viloyatimizning el suygan san'atkorlarining musiqiy chiqishlari, jozibali raqslar kechaga yanada fayz kiritdi.

Kontsert dasturini farg’onalik minglab yoshlar va keng jamoatchilik vakillari katta ishtiyoq bilan tomosha qildilar.

Yakunda namoyish etilgan mushakbozlik esa tadbir ishtirokchilariga yanada hush kayfiyat ulashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram