Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI KATTA TANTANA BILAN NISHONLANDI
2024-06-27 15:29:56 4534
Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, blogerlar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida viloyat bayram tadbiri o’tkazildi.
Tantanali tadbirni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ochib berdi va barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi.
Muhtaram Prezidentimizning sohaga alohida e'tiborlari natijasida yurtimizda so’z erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga erishish yo’lida keng imkoniyatlar ochilayotganiga, Matbuot va ommaviy axborot vositalarining jamiyatimizda nufuzi kuchayib borayotganiga alohida e'tibor qaratildi.
Bugungi kunga kelib 66 ta bosma nashr, 5 ta telekanal, 3 ta radio, 4 ta internet axborot saytini o’zida jamlagan Farg’ona matbuoti, jurnalistikaning boy tajribalari hamda zamonaviy tendentsiyalarini birlashtirgan kuchli media maydoniga aylangani qayd etildi.
Davlatimiz rahbarining kuni kecha Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo’llagan tabriklaridan iqtibos keltirgan viloyat hokimi, “....berib borilayotgan tanqidiy va tahliliy materiallar joylarda mudrab o’tirgan ayrim rahbar va mutasaddilarni uyqudan uyg’otib, yangicha ishlab, odamlarning tashvishi bilan yashashga majbur qilmoqda.” – degan fikr, bugungi kunda matbuotning o’rni va ta'siri ortib borayotganini ko’rsatishini qayd etib, Farg’onada ham soha xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati xolislikka tayangan, xalq manfaatini ko’zlagan holda davom etishiga ishonch bildirdi.
So’nggi yillarda viloyatda qishloq xo’jaligi, ta'lim sohalarida Faxriylar kengashlari tashkil etilgani, ushbu sohalarda chuqur bilim va hayotiy tajribaga ega bo’lgan faxriylar hokimlarning maslahatchisi bo’lib faoliyat ko’rsatib kelayotganini qayd etgan viloyat hokimi, matbuot sohasida ham faol ijtimoiy pozitsiyaga ega bo’lgan, qalbi, vijdoni uyg’oq nuroniylarning, faxriy jurnalistlarning maslahatlari, o’gitlari, tavsiyalari barcha uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Viloyat rahbari Farg’onada Matbuot va ommaviy axborot vositalari faxriylari kengashi tashkil etish taklifini o’rtaga tashladi, faxriy fotojurnalist Shamshidin Qoraboyev ushbu kengashga raislik qilishi belgilandi.
Prezidentimizning kecha e'lon qilingan “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi Farmoni doirasida “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan “Beshariq tongi” gazetasi bosh muharriri Sobirjon Temirov tadbirda so’z olib, yurtimizda so’z va matbuot erkinligini ta'minlash, sohani rivojlantirish yo’lidagi ulkan islohotlar haqida o’z fikrlarini bildirdi.
Matbuot sohasidagi ko’p yillik samarali mehnatlari, Farg’ona viloyatini ijtimoiy-ma'naviy yuksaltirish ishiga qo’shib kelayotgan munosib hissasi, viloyat ijtimoiy hayotidagi faolligi uchun hamda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh matbuot sohasi vakillari viloyat hokimining Faxriy yorlig’i va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
El ardog’idagi san'atkorlar ishtirokidagi chiqishlar, kuy-qo’shiqlar tadbir qatnashchilariga yanada ko’tarinkilik ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram