
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA “KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” DOIRASIDA KOMPLEKS TARG’IBOT-TASHVIQOT TADBIRLARI O’TKAZILADI

2024-07-01 15:48:08 4643
Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg’ona filiali majlislar zalida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi (Cyber-month - Ferghana) doirasida kompleks targ’ibot-tashviqot tadbirlari to’g’risida keng jamoatchilik vakillariga ma'lumot berish maqsadida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
Mazkur anjumanda viloyat hokimligi guruh rahbari Yusufjon Kamolov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Mansur Sattorov, IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi mas'ul xodimi Alisher Mamatqulov, jamoatchilik vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan bu yilgi Davlat dasturida ushbu yo’nalish bo’yicha alohida topshiriq, ko’rsatmalar berildi, ushbu farmondagi topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimining 2024 yil 11 iyundagi qarorida joriy yilning 1 iyulidan 31 iyulgacha "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" (Cyber-month - Ferghana) o’tkazilishi belgilandi.
Ushbu oylikni o’tkazishdan asosiy maqsad fuqarolarni kiberjinoyatlarni qurboniga aylanishlarini oldini olish, ularni kiberjinoyatga qarshi kibergigiyenani yuksaltirish, buning uchun bir qator sohalarda keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Matbuot anjumanida so’z olganlar tadbirlar davomida avvalo aholining ijtimoiy tarmoqdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, internetda vaqt o’tkazish emas balki, undan kerakli o’rinda, ma'lumot, yangiliklardan xabardor bo’lish yo’lida foydalanish, yot kuchlarga aldanib qolmasliklari uchun chora-tadbirlar olib borilishi haqida to’xtaldilar.
Elektron to’lov tizimidagi vositalardan foydalanish, shaxsga doir ma'lumotlarni sir saqlanishi, bank plastik kartasi va uning parollarini himoyalanishi, telefonga kelgan xabar kodlarini begona shaxslarga aytmaslik va yana qator masalalar bo’yicha joylarda, mahallarda targ’ibot-tashviqot tadbirlari keng doirada o’tkazilishi, har bir xonadonga kirib borilib, ularning kibermadaniyatini yuksaltirish bo’yicha mas'ullar tomonidan tushuntirishlar olib borilishi ma'lum qilindi.
Oylik doirasida tanlovlar, chellenjlar o’tkazilishi, mahallalardan tortib xonadonlargacha kirib borilishi, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlardan, turli shiorlardan foydalangan holda ushbu oylikni ko’tarinki o’tkazish bo’yicha tushunchalar berildi.
Anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mas'ullar javob qaytardilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram