Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FURQAT TUMANIDA KOREYA BILAN HAMKORLIKDA BIOCHIQINDILARDAN GRANULA SHAKLIDAGI YONILG’I PELLETLARI HAMDA BIOENERGIYA ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI AMALGA OSHIRILADI

×

 2024-07-02 12:20:33    4396

PDF yuklash
Chop etish


Furqat tumani hokimligi hamda Koreya Respublikasining Korea Investment & Securities (KIS) moliyaviy tashkiloti, Koreya energetika agentligi tarkibidagi Korea Institute for Climate Change (KICC) muassasasi va Korea Western Power (KWP) kompaniyasi o’rtasida viloyatimizda biochiqindilardan yonilg’i pelletlari hamda bioenergiya ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatga Furqat tumani hokimi Jahongir Jumanov hamda Koreya tomoni mutasaddilari imzo chekdilar.

Kelishuvga ko’ra, birinchi bosqichda 3 mln. dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobiga Furqat tumanida daraxt chiqindilari, g’o’zapoya, qurilish materiallariga yaroqsiz har xil turdagi daraxt va butalardan xom ashyo sifatida foydalangan holda granula shaklidagi yoqilg’i pelletlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Ikkinchi bosqichda, bioyonilg’idan foydalangan holda bioenergiya ishlab chiqarish investitsion loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Joriy yil fevral oyidan buyon Furqat tumani hokimligi hamda Koreya tomoni bilan o’tkazib kelingan samarali muzokaralar, 14-15 iyun kunlari Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning O’zbekistonga amaliy tashrifi va Toshkent shahrida o’tkazilgan O’zbekiston-Koreya biznes forumidan so’ng amaliy bosqichga o’tdi va aniq kelishuvga erishildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram