Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 115 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI MUSIQALI DRAMA TEATRIDA “KULOLNING ARMONI” SPEKTAKLI PREMERASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-07-04 15:33:14    4302

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona viloyati musiqali drama teatrida dramaturg Ilhom O’rmonning “Kulolning armoni” nomli asari asosida sahnalashtirilgan spektakl premerasi bo’lib o’tdi.

Rishton kulolchilik maktabidan yetishib chiqqan va o’ziga xos, betakror uslubini yarata olgan ustalardan biri, “Do’stlik” ordeni sohibi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi hamda “Hunarmand” uyushmasi a'zosi Tohirjon Haydarovning hayoti va ijodiga bag’ishlangan spektaklning premerasi oldidan so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, taniqli adib va dramaturg, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Saydali Odilovlar Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda milliy hunarmandchilikka qaratilayotgan katta e'tibor xususida to’xtaldilar. Bugun Rishtonda Tohir kulol muzey-ustaxonasini izlab kelayotgan nafaqat yurtdoshlarimizning, balki xorijlik sayyohlarning-da keti uzilmayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

“Kulolning armoni” dramasida bugungi o’zbek hunarmandi yuragidan kechayotgan o’ylar, iztiroblar, orzular o’ziga xos talqinda ifodalangan. Rejissyor Obidjon Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan spektaklning ta'sirchan va hayotiyligini sahnalashtiruvchi rassom Furqat Qo’chqorov tomonidan yaratilgan dekoratsiya va bezaklar ta'minlagan. Bosh rolni Akmal Mirzayev mahorat bilan ijro etmoqda.

– Dastlab drama haqida eshitganimda oddiy kulol hayot mezonlari qiyomiga yetkazib ifodalab bera olinganmikin, deya shubhalangan edim, – deydi rejissyor Obidjon Abdullayev. – Tohirjon aka bilan suhbatlashib, hayot tarzini, mulohazalarini tinglab, drama bilan tanishar ekanman, usta kulolning qanchalar o’ziga xos ijodkor ekaniga va bu “Kulolning armoni”da to’liq aks ettirilganiga guvoh bo’ldim. Men bu sahna asariga jiddiy kirishishim, o’zbek kulolining o’ziga xos hayot tarzini, haqiqatlarini nafaqat O’zbekistonga, balki butun dunyoga ko’rsatishim zarurligini angladim.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram