Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA AVTOMOBIL YO’LLARINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA JORIY YIL YANVAR-IYUN OYLARIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

×

 2024-07-09 12:12:05    3104

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida jami 19 941,5 km avtomobil yo’llari mavjud bo’lib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari 4 022 kmni, ichki xo’jalik yo’llari, shaharlar va qishloq aholi punktlari ko’chalari 15 919,5 kmni tashkil etadi.

Viloyatda avtomobil yo’llarini rivojlantirish bo’yicha 2024 yil davomida 397,6 km uzunlikdagi avtomobil yo’llarida va 2 ta ko’priklarda 232,2 mlrd. so’mlik rekonstruktsiya va ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, joriy yilning yanvar-iyun oylari mobaynida 289,7 km uzunlikdagi avtomobil yo’llarida va 2 ta ko’priklarda 110 mlrd. so’mlik ishlar amalga oshirildi.

140,5 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarining 90,9 km uzunlikdagi qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Yoshlar sanoat zonalari yo’llarini qurish bo’yicha 10,9 mlrd. so’mlik ishlar amalga oshirilgan bo’lsa, Yangi O’zbekiston massivlari yo’llarini qurish uchun 56,3 mlrd. so’mlik ishlar bajarildi.

Farg’ona shahri, A.Temur ko’chasi bilan 4R-112 “Farg’ona xalqa yo’li” avtomobil yo’lini bog’lovchi 3,5 km uzunlikdagi avtomobil yo’lini qurish uchun 3,1 mlrd. so’mlik ishlar bajarildi.

“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2024 yil 1-mavsumi doirasida 199,9 km uzunlikdagi ichki xo’jalik yo’llarini ta'mirlash bo’yicha 87,2 mlrd. so’mlik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, hozirda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tender savdolarini o’tkazish ishlari olib borilmoqda.

Ma'lumki, avtotransport vositalaridan chiqayotgan chiqindi gazlarning atrof-muhitga zararli ta'siri mavjud bo’lib, ularni bartaraf etish yo’llaridan biri esa yo’l yoqalarida “Yashil belbog’”larni yaratishdir. Farg’onada bu borada viloyat Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2023 yilda “Farg’ona yo’l ko’kalam” DM tomonidan Farg’ona viloyati hududida 41676 dona manzarali daraxt va buta ko’chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo’lib, amalda 47 529 dona manzarali daraxt va buta ko’chatlari ekilgan. Rejaga nisbatan 114 foizga ortig’i bilan bajarilgandi. Joriy yilning o’tgan davri mobaynida esa jami 190 219 tup terak, pavloniya va shu kabi manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.

Shuningdek, 2024 yilda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari yoqasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 noyabrdagi PF-199-son farmoni doirasida Farg’ona Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi va tizim korxonalari tomonidan “Yashil makon” tashkil etish bo’yicha jami 134 nafar ishchi-xodimlar bilan shartnoma tuzilib, 113 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari yoqasidagi 8,2 gektar maydonga 141 131 tup terak va manzarali daraxt ko’chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

Viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram