Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2024-07-10 16:04:12 2807
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi oltmish to’qkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Sessiyada 2024-2025 yillarda Farg’ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo’yicha ishlab chiqilib, Kengashga taqdim etilgan chora-tadbirlar dasturi loyihasi ko’rib chiqildi.
Kun tartibiga kiritilgan ushbu masala yuzasidan viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari kotibiyati mudiri Abdurasul Ro’ziyev so’z olib, 2024 yilning yanvar-may oylari yakuni bo’yicha viloyatda iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobot berdi.
Hisobotda aholi bandligini ta'minlash, daromadlarini oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish orqali viloyatni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish bo’yicha ishlar olib borilgan ishlarga to’xtalib o’tildi.
Viloyatni “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish maqsadida 2024 yil yakuniga qadar 328,5 ming nafar aholi bandligini ta'minlash maqsad qilingan. Joriy yil yanvar-may oylarida jami 231,9 mingta (189%) yangi ish o’rinlari tashkil etildi.
Shuningdek, joriy yil 2-yarim yilligida aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va daromadlarini oshirish bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi bo’yicha ham axborot berildi.
Hisobotdan so’ng xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarori deputatlar tomonidan tasdiqlanib, qabul qilindi.
Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashi sessiyalarida ham 2024-2025 yillarda shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi loyihasi ko’rib chiqildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram