Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
ZAMIN XALQARO JAMOATCHILIK FONDI KO’MAGIDA MARG’ILON SHAHRINI BMTNING “GLOBAL AHAMIYATGA EGA QISHLOQ XO’JALIGI MEROSI TIZIMLARI” RO’YXATIGA KIRITISH USTIDA ISH OLIB BORILMOQDA
2024-07-15 16:05:20 3898
Viloyat hokimligida BMTning Oziq ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ning “Global ahamiyatga ega qishloq xo’jaligi merosi tizimlari” (GIAHS) dasturi ekspertlari bilan ushrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Azimjon Yuldashev, viloyat qishloq xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i Dilshodjon Fozilov ishtirok etdilar.
Hozirgi kunda BMTning Oziq ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ning “Global ahamiyatga ega qishloq xo’jaligi merosi tizimlari” (GIAHS) dasturi doirasida O’zbekistonda GIAHS maqomini olish uchun tanlangan hudud sifatida qaralishi mumkin bo’lgan hududlarning milliy ro’yxati shakllantirilmoqda. Bunday tizimlar ko’pincha hududiy rivojlanishning asosi bo’lgan qishloq xo’jaligi bioxilma-xilligi, barqaror ekotizimlar va qimmatli madaniy merosni o’zida mujassam etgan ajoyib landshaftlarni o’z ichiga oladi.
Ushbu ro’yxatga Marg’ilon shahri ham kiritilishi ko’zda tutilgan bo’lib, ayni paytda FAO O’zbekiston qishloq xo’jaligi vazirligi va Zamin Xalqaro jamoatchilik fondi ko’magida GIAHS ob'ektlari uchun qo’yilgan zarur mezonlarga javob beradigan Marg’ilon hududidagi ipakchilik tizimi va unga bog’liq faoliyatni o’rganish bo’yicha loyihani amalga oshirishga kirishdi.
Shu maqsadda milliy ekspertning viloyatimizga tashrifi tashkil etilib, viloyat hokimligining tashkiliy ko’magida mazkur qishloq xo’jaligi tizimini yanada chuqurroq o’rganish va keyinchalik xalqaro ro’yxatga olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash bo’yicha ishchi guruh tuzildi.
Dastlabki materiallar asosida xalqaro ekspertlar va FAO bosh idorasi xodimlarining 15-19-iyul kunlari viloyatimizga tashrifi rejalashtirilgan bo’lib, loyihaning mahalliy ishtirokchilari xabardorligini oshirish maqsadida seminar o’tkazilishi ham belgilangan.
Viloyat hokimligida o’tkazilgan uchrashuvda xalqaro ekspertlar va ishchi guruhi tomonidan o’rganish davomidagi amalga oshiriladigan ishlar taqsimoti muhokama qilindi.
GIAHS BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ning 2015 yilda boshlangan dasturi bo’lib, oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi uchun biologik xilma-xillik va genetik resurslarni saqlashga hissa qo’shadigan an'anaviy qishloq xo’jaligi tizimlarini tan olish, qo’llab-quvvatlash va himoya qilish hamda ularni hurmat qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, tizim qishloq aholisining turmush tarzini yaxshilash va bilimini oshirish, ularning madaniyati va qadriyatlarini saqlab qolishga ham katta e'tibor qaratadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram