Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XITOY PAXTA TERISH MASHINALARINI YIG’ISH LOYIHASINING AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI YUZASIDAN INVESTORLAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

×

 2024-07-15 17:53:07    3960

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda Farg’onada Xitoy kompaniyasi tomonidan amalga oshirishga kirishilgan paxta terish mashinalarini yig’ish, texnikalarga servis xizmati ko’rsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun o’quv markazi tashkil etish loyihasining borish jarayonlari muhokama qilindi.

“Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd” kompaniyasi vakillari loyiha belgilangan reja asosida amalga oshirilayotganini qayd etib, kelgusi yilda loyiha to’la ishga tushirilishini ma'lum qildilar.

Davlatimiz rahbarining respublikada paxta yig’im-terimida qo’l mehnati ulushini kamaytirish, terimni mexanizatsiyalashgan shaklda tashkil qilish bo’yicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ushbu loyiha, paxta-to’qimachilik klasterlari hamda fermerlarga zamonaviy hamda sifatli, maqbul narxdagi paxta terim mashinalarini sotib olishga qulaylik yaratadi. Farg’ona shahridagi sobiq Mexanika zavodi hududiga joylashtirilayotgan ushbu loyiha, texnikalarga servis xizmati ko’rsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun o’quv markazini ham o’z ichiga olgani bilan ham yanada ahamiyatlidir.

Uchrashuvda viloyat hokimining Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha maslahatchisi Otaxon Xayrullayev ham ishtirok etdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram