Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMINING BIRINCHI O’RINBOSARI RAISLIGIDA VILOYAT IQTISODIY KOMPLEKSIDA JORIY YILNING O’TGAN DAVRIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING TANQIDIY TAHLILIGA BAG’ISHLANGAN YIG’ILISH BO’LIB O’TDI
2024-07-15 21:41:10 4541
Bugun “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov raisligida viloyat iqtisodiy kompleksi tarkibiga kiruvchi boshqarma va tashkilotlar tomonidan 2024 yil yanvar-iyun oylari davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, ikkinchi yarim yillik rejalari yuzasidan kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Mazkur yig’ilishga shahar va tuman hokimlarining birinchi o’rinbosarlari, viloyat tijorat banklari rahbarlari, shuningdek, viloyat iqtisodiy kompleksi tarkibiga kiruvchi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov ma'ruzasida davlat rahbarining viloyatimizga tashrifi davomida o’tkazilgan selektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar asosida yil yakuniga qadar amalga oshirilishi belgilab olingan rejalar xususida to’xtaldi.
Shuningdek, aholi bandligini ta'minlash, Sayhunobod tajribasi bo’yicha aholini o’zini o’zi band qilishi, YaTT va dehqon xo’jaligi tashkil etish, bank mijoz uchrashuvlari, mikroloyihalarni amalga oshirish, aholini serdaromad ekinlarni ekishiga sharoit yaratish, xonadonlarni namuna qilib, kichik biznes sub'ektlarini ko’paytirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Hududlardagi Tadbirkorlar uyidan to’laqonli foydalanilmayotganligi, birinchi o’rinbosarlarni tadbirkorlar bilan ishlash holati qoniqarsiz ekanligi, tadbirkorlarning muammolari hal etilish darajasi past ekanligi tanqid qilindi.
Bo’sh turgan bino va yer maydonlaridan to’laqonli foydalanish bo’yicha ham mas'ullarga vazifalar yuklatildi.
Kredit ajratish va muammoli kreditlarni undirish bo’yicha sustkashlikka yo’l qo’ygan tijorat banki rahbarlari ogohlantirildi.
Joriy yil uchun ishlab chiqilgan davlat dasturidagi sanoat, xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi loyihalarining borishi xususida so’rovlar olib borildi.
Sanoat yo’nalishida to’liq ish tashkil qilinmaganligi natijasida respublikada oxirgi o’rinlarga tushib qolinganligi qayd etilib, barcha kuch safarbar etilishi ta'kidlandi. Har bir hududda qisqa muddatda sanoat shtablari tashkil etilib, tizimli ishlar yo’lga qo’yilishiga kelishib olindi.
Yig’ilishda byudjet tushumlari holati bo’yicha ham mas'ullarning hisobotlari tinglandi.
Bugungi yig’ilishdan barcha mas'ullar tegishli xulosalar chiqarib, o’z ishiga vijdonan va fidoyi bo’lib, ish uslubini o’zgartirgan holda ish tashkil qilishi belgilandi. Berilgan topshiriqlar ijrosi har oyda tahlil qilinishiga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram