Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Viloyatda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash borasida 2024-yilning 1-choragida olib borilgan ishlar

 2024-07-16 17:22:23    437

PDF yuklash
Chop etish


Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilning 1-choragi davomida viloyat hokimligi tomonidan jami 1154 ta (2023-yil 1-choragida 1388 ta yoki 16.9%ga kamaygan) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari ko‘rib chiqilgan.

Aholini qiynab turgan muammolari bilan yanada jiddiyroq shug‘ullanish lozimligini inobatga olgan holda eng olis va chekka hududlarda tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilgan 4 ta ommaviy sayyor qabullar davomida 239 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, viloyat hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabullarda 285 nafar aholi vakillarining murojaatlari qabul qilindi.

Hisobot davrida shahar, tumanlar hokimliklari kesimida murojaatlarning ortishi holati kuzatilmagan bo‘lsada, kelib tushgan murojaatlarning eng ko‘pi Farg‘ona (327 ta), Marg‘ilon (84 ta), Qo‘qon shaharlari (83 ta), Quva (64 ta), Farg‘ona (66 ta) tumanlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Murojaatlar bilan ishlash natijalari, bu sohada olib borilayotgan ishlar bo‘yicha 1 ta hisobot-yig‘ilishi, 5 ta ZOOM platformasi orqali murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish bo‘yicha 5 ta o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.