Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Viloyatda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash borasida 2024-yilning 2-choragida olib borilgan ishlar
2024-07-16 17:30:46 174
Tahlillarga ko‘ra, 2024 yilning 2-choragi davomida viloyat hokimligi tomonidan jami 3244 ta (2023 yil 2-choragida 3713 ta yoki 12.7% ga kamaygan) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari ko‘rib chiqilgan.
Aholini qiynab turgan muammolari bilan yanada jiddiyroq shug‘ullanish lozimligini inobatga olgan holda eng olis va chekka hududlarda tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilgan 16 ta ommaviy sayyor qabullar davomida 1024 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, viloyat hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabullarda 576 nafar aholi vakillarining murojaatlari qabul qilindi.
Hisobot davrida shahar, tumanlar hokimliklari kesimida murojaatlarning ortishi holati kuzatilmagan bo‘lsada, kelib tushgan murojaatlarning eng ko‘pi Farg‘ona (728 ta), Qo‘qon (240 ta), Marg‘ilon (191 ta) shaharlari, Quva (161 ta), Oltiariq (137 ta), Rishton (135 ta), O‘zbekiston (140 ta), Uchko‘prik (151 ta), Farg‘ona (175 ta) tumanlari hisobiga to‘g‘ri keladi.