Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QUVASOYDA AHOLIGA SOG’LOM VA RATSIONAL OVQATLANISH XIZMATLARI KO’RSATUVCHI ZAMONAVIY KEYTERING KORXONASI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI
2024-07-16 21:45:14 4865
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Quvasoy shahrida “Garden Catering” MChJ qo’shma korxonasi tomonidan barpo etilgan zamonaviy keytering korxonasining ochilish tadbirida ishtirok etdi.
Turkiyalik hamkorlar bilan tashkil etilgan ushbu korxonaga 5 mln. dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya yo’naltirilgan bo’lib, 100 ta doimiy ish o’rni yaratildi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan sog’lom ovqatlanish talablari asosida korxonada tayyorlanadigan 100 turdan ziyod taomlar, salatlar hamda desertlar yetkazib beriluvchilarning yoshiga, jinsiga va kasbiy faoliyati turidan kelib chiqqan holda belgilangan ratsionda tayyorlanadi. Korxonaga turkiyalik yuqori malakali shef-oshpazlar jalb etilgan. Tashkil etilgan o’quv markazida esa bir vaqtning o’zida 80 nafar yoshlarga zamonaviy kulinariya sohasida kasbiy ta'lim berish yo’lga qo’yilgan.
Korxona ta'sischisi Adem Yildirim viloyat rahbariga hamda yig’ilganlarga loyihaning o’ziga xos jihatlari haqida ma'lumot berdi.
“Garden Catering” MChJ korxonasida tayyorlangan taomlarni maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablar, xususiy korxona va tashkilotlarga yetkazib berish rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram