Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VA BATKEN VILOYATLARI RAHBARLARI RISHTON, SO’X, SHOHIMARDON HAMDA QUVASOY HUDUDIDAGI CHEGARA NAZORAT-O’TKAZISH PUNKTLARIDA BO’LDILAR

×

 2024-07-16 22:23:24    10004

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig’i Azizbek Ikramov, viloyat chegara va bojxona tizimlari rahbarlari Qirg’iz Respublikasining Batken viloyatida bo’lib, Batken gubernatori Abdikarim Alimbayev boshchiligidagi qo’shni viloyat rasmiylari bilan uchrashdilar, Rishton, So’x, Shohimardon hamda Quvasoy hududidagi chegara nazorat-o’tkazish punktlarida bo’ldilar.

Batken viloyati hokimligida bo’lib o’tgan uchrashuv davomida ikki davlat rahbarining yuksak siyosiy irodasi va ezgu tashabbuslari tufayli azaldan tili va dini bir, an'analari va urf-odatlari mushtarak qardosh qo’shni davlatlar bilan munosabatlar ilgari tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada mustahkamlanayotgani alohida ta'kidlandi, o’rtadagi chegaralar do’stlik chegarasi bo’lib qolishi kerakligi qayd etildi.

Ikki viloyat rahbarlarining tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarida Farg’ona va Batken viloyatlari o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy-gumanitar, madaniy, turizm va boshqa sohalardagi hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Chegara nazorat-o’tkazish punktlaridagi o’rganishlar davomida fuqarolar va transport vositalarini o’tkazish bilan bog’liq mavjud holat batafsil ko’zdan kechirildi, aholi vakillari bilan muloqot qilindi. Xizmatlar sifatini yanada yaxshilash ustida hamkorlikda ish tashkil etishga kelishildi. Ikki viloyat vakillari, Vodildan Shohimardongacha bo’lgan oraliqdagi Qirg’iziston hududidagi yo’lni yangidan sifatli asfaltlash bo’yicha amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar bilan ham tanishdilar.

So’x tumanida Tul chegara nazorat-o’tkazish punktida joylashgan “Do’stlik” ko’prigi ikki viloyat rahbarlari hamda aholi vakillari ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ta'mirtalab holatga kelib qolgan 72 metr uzunlikdagi ushbu ko’prikni rekonstruktsiya qilish uchun Qirg’iziston tomonidan qariyb 300 ming dollar mablag’ sarflandi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram