![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA MA'NAVIYAT FESTIVALI: “BIZ BIR BO’LSAK YAGONA XALQMIZ – BIRLASHSAK VATANMIZ!”
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/ebaa4c6b46fad93526618.jpg)
2024-07-17 10:17:54 4725
Viloyatimiz bo’ylab Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Biz bir bo’lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida “Ma'naviyat festivali” o’tkazilmoqda.
Festival viloyat hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Madaniyat vazirligi, O’zbekiston mahallalari uyushmasi, “Ma'rifat” targ’ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbirlar madaniyat maskanlari, musiqa muassasalari, markaziy maydon va o’yingohlar, Muruvvat uylari, harbiy qismlar, korxona, tashkilotlar, eng chekka, olis qishloq va mahallalarda bo’lib o’tmoqda.
“Ma'naviyat festivali” tadbirlari rang-barang bo’lib, bir qator loyihalarni qamrab olgan. Xususan, aholi va yoshlar orasida kitobxonlik, mehr-oqibat, vatanparvarlik tuyg’ularini oshirishga qaratilgan “Vatan madhi” kontsert dasturi, “Mutolaa marafoni”, “Eng ma'naviyatli mahalla” tanlovi, “Ma'rifat tur”, “Ziyolilar forumi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Oila – ma'naviyat qo’rg’oni”, “Ma'rifat soati”, “Inson qadri”, “Ajdodlarga ehtirom”, “Ma'naviyat kubogi” sport musobaqasi, “Milliy birdamlik” ijtimoiy loyihalari shular jumlasidan.
Qo’qon va Marg’ilon shaharlarida boshlangan tadbirlarda aholining barcha qatlamlari ishtirok etayotgan bo’lib, o’ziga xos shukuhli kechmoqda. Qo’qon shahridagi “Afg’onbog’” MFYda dastlab “Oila-ma'naviyat qo’rg’oni” loyihasi tashkil etildi. Unda aholi orasida oilaviy ajrimlarning oldini olish, erta turmush qurishning salbiy oqibatlarini tushuntirish, joylarda voyaga yetmaganlar orasida erta tug’ruq holatlari va tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni himoya qilishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish zarurligi qayd etildi. Taniqli san'atkorlar ishtirokidagi uchrashuv esa mahalla ahliga manzur bo’ldi.
Mana shunday tadbirlar boshqa MFYlarda ham davom etmoqda. “Inson qadri” loyihasi doirasida Marg’ilon shahar Xo’ja Porso MFYda yashovchi O’ktamxon Parpiyeva va Nortojixon aya Ismoilovalar hamda Musoqori ota Abdusaidov xolidan xabar olindi.
- 30 nafar nevaram 75 nafar chevaram bor. Inson topayotgan rizqini halollab, o’zini pok tutib yashasa uzoq, barakali hayot kechirar ekan. Bugungacha hamma farzandlarimni, nevaralarimni uylantirib, uy-joyli qilib, turmushga berdim, - deydi 87 yoshli Musoqori ota.
Marg’ilon shahridagi Baxrin, Do’stlik, Saxovat mahallalarida bo’lib o’tgan tadbirlarda el ardog’idagi san'atkorlar ijro etgan kuy-qo’shiqlar va shoirlar aytgan dilga yaqin she'rlar tadbir ishtirokchilariga surur bag’ishladi.
![](https://telegra.ph/file/ebaa4c6b46fad93526618.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d5bdbeaec430a97441030.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d773d75884785a0937ac2.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2f8018a1ce3ec8439cb4b.jpg)
![](https://telegra.ph/file/05188013730d74f5535f5.jpg)
![](https://telegra.ph/file/8e20485c402f58a8db590.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2ede4fb42413f70179b9c.jpg)
![](https://telegra.ph/file/68887a04d634d38ef907e.jpg)
![](https://telegra.ph/file/5d708ad88edf349bc8cd4.jpg)
![](https://telegra.ph/file/8760fbe4dead48be40773.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram