Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
DAVLATIMIZ RAHBARI TOPSHIRIQLARI IJROSI DOIRASIDA MARG’ILON SHAHRIDA “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVI QURISH LOYIHASI BOSHLANDI, QIYOFASI ESKIRGAN MAHALLALARDA RENOVATSIYA DASTURI DOIRASIDA KO’P QAVATLI UYLAR QURILISHIGA START BERILDI
2024-07-22 16:49:50 3145
Joriy yil 12 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga tashrifi doirasida Quvada Farg’ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o’tkazilgan yig’ilishda Qo’qon, Marg’ilon shaharlarida, tumanlar markazlarida "Yangi O’zbekiston massivi” loyihasini mahallagacha tushirish topshirig’i berilgandi.
Davlatimiz rahbari mahallalar qiyofasi eskiligicha qolib ketayotganiga tanqidiy e'tibor qaratib, shahar va tuman markazlarida 5 tadan eski mahallalarni tanlab olish, ularda 7-10 qavatli uylar qurish uchun xususiy sektorni jalb qilish, uylarni birinchi galda ushbu mahalla aholisiga berish bo’yicha ko’rsatmalar bergandi.
Qisqa muddatda ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Marg’ilon shahri Yangihayot ko’chasidagi 75 gektar yer maydonida 6 ming xonadonli “Yangi O’zbekiston” massivi qurish bosh rejasi ishlab chiqildi hamda “Ipakchi” va “Qirguli” MFYlar hududidagi bir qavatli ma'nan eskirgan turar-joy binolari o’rniga Renovatsiya dasturi doirasida ko’p qavatli turar-joy binolarini qurilishi boshlandi.
Marg’ilon shahrini kengaytirish uchun Farg’ona tumanidan o’tgan 110 gektar yer maydonining 75 gektarida 6 ming xonadonli “Yangi O’zbekiston” massivi, loyiha qiymati 50 mln. dollar bo’lgan savdo kompleksi va biznes markazi, 2 ta maktab, 6 ta bog’cha va 2 ta tibbiy klinika, “Ipakchi” va “Qirguli” MFYlar hududida mavjud ma'nan eskirgan jami 155 ta yakka tartibdagi uy-joylar o’rniga Renovatsiya dasturi doirasida yangi turar-joy binolari qurilishi rejalashtirildi. “Ipakchi” MFY hududida jami 315 ta xonadondan iborat 7 ta 9 qavatli, jami 315 ta xonadon, “Qirguli” MFY hududida jami 1440 ta xonadondan iborat 32 ta 9 qavatli uy qurilishi belgilab olindi.
Bugun O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Achilbay Ramatov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda mas'ul vazirlik vakillari ushbu qurilish ishlariga start berish tadbirida ishtirok etdilar.
Bosh vazir o’rinbosari Achilbay Ramatov quruvchilar va mahalladagi xonadon egalari bilan uchrashuvda bu kabi ishlardan maqsad odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratish ekanligini qayd etdi.
Prezident topshirig’i bo’yicha ushbu qurilish ishlari Marg’ilonda boshlanayotgani va qolgan hududlarda ham tashkil etilishiga to’xtaldi.
Quruvchilarga birinchi navbatda qurilish ishlari sifatli bo’lishi kerakligi uqtirildi. Xonadon egalari ushbu turar-joylarga kirib ortiqcha sarf qilmasdan yashashi kerakligi talabi qo’yildi.
Dastlab 200-300 xonadonli ko’p qavatli uylar qurilib, aholiga taklif qilinishi, shundan so’ng talabdan kelib chiqib uylar qurilishi davom ettirilishi belgilandi.
Barak uylarda yashovchi fuqarolar ko’p qavatli uylar bitgunga qadar yashash uchun uy-joy bilan ta'minlanishi, keyinchalik xonadon egalariga maydoni eski uylaridan kam bo’lmaslik sharti bilan yangi binodan bepul xonadon berilishi ma'lum qilindi. Qolgan xonadonlar esa ipoteka asosida taqdim qilinishi ta'kidlandi.
Bosh vazir o’rinbosari bilan muloqotda bo’lgan xonadon egalari Prezidentimizning viloyatimiz rivoji uchun alohida e'tiborlarini har kun, har jabhada his etib turishganini ta'kidlab, davlatimiz rahbariga o’z minnatdorchiliklarini izhor qildilar, yangi uylarda to’ylar qilishni niyat qilib duoga qo’l ochildi.
E'tiborlisi, ushbu qurilayotgan turar-joy binolariga qo’shimcha ravishda aholining madaniy hordiq olishi uchun ko’ngilochar maskanlar ham barpo etilishi aytib o’tildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram