
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
QO’QONDAGI OLIY VA PROFESSIONAL TA'LIM, MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI TASHKILOTLARI RAHBARLARI FAOLIYATINI TIZIMLI TASHKIL ETISHGA BAG’ISHLANGAN O’QUV SEMINARI BO’LIB O’TMOQDA

2024-07-22 20:25:46 3739
Bugun “Qo’qon shahridagi oliy va professional ta'lim, maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi o’quv seminari o’z ishini boshladi.
Qo’qon shahridagi oliy va professional ta'lim tashkilotlari, maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari, o’rinbosarlari, ma'naviyatchilari ishtirokida o’tayotgan seminarning birinchi kunida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o’rinbosari Farxod Boqiyev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Xasanov va boshqa qator mutasaddilar ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning Qo’qon shahridagi ijrosi holatiga tanqidiy va tahliliy e'tibor qaratib, soha oldida turgan ustuvor vazifalar, maktablardagi ta'lim, tarbiya va ma'naviyat darajasini ko’tarish bo’yicha o’z fikrlarini bildirdi.
Bugungi jahondagi keskin geosiyosiy ziddiyatlar davrida, axborot kurashlari jarayonida, jadid bobolarimiz kabi ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar va Vatanparvarlik ruhida tarbiya topgan, yurtga sadoqatli kadrlarni yetishtirish eng asosiy masalaga aylangani alohida ta'kidlandi.
Seminarning bugungi dasturi doirasida “Ma'naviy tarbiyaning metodologik asoslari”, “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini tashkil etish”, “Talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish usullari” mavzularidagi ma'ruzalar tinglandi, kasb-hunar xonalarini tashkillash bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.
Farg’ona viloyati hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida o’tkazilayotgan seminar 26 iyulgacha davom etadi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram