Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
DAVLATIMIZ RAHBARINING TOPSHIRIG’I IJROSI DOIRASIDA QO’QON SHAHRIDA MA'NAN ESKIRGAN TURAR-JOY BINOLARI O’RNIGA RENOVATSIYA ASOSIDA KO’P QAVATLI TURAR-JOY BINOLARI QURISH ISHLARI BOSHLANDI
2024-07-23 14:50:56 3434
Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan kecha Marg’ilon shahri Yangihayot ko’chasidagi 75 gektar yer maydonida 6 ming xonadonli “Yangi O’zbekiston” massivi hamda “Ipakchi” va “Qirguli” MFYlar hududidagi bir qavatli ma'nan eskirgan turar-joy binolari o’rniga Renovatsiya dasturi doirasida ko’p qavatli turar-joy binolarini qurilishiga start berilgandi.
Bugun esa Qo’qon shahar “G’ishtli Masjid” mahallasining Movoraunnaxr ko’chasidagi 3 ta 2 qavatli ma'nan eskirgan turar joy binolari o’rniga Renovatsiya dasturi asosida yangi 3 ta 9 qavatli jami 134 xonadondan iborat turar-joy binolari qurilishiga kirishildi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Achilbay Ramatov, viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zi Isaqov hamda mas'ul vazirlik vakillari ushbu qurilish ishlari boshlanishiga bag’ishlangan tadbirda ishtirok etdilar.
Bosh vazir o’rinbosari Achilbay Ramatov mahalladagi xonadon egalari bilan uchrashuvda bu kabi ishlardan maqsad odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratish ekanligini qayd etdi.
Ko’p qavatli uylar bitgunga qadar ushbu uylarda yashovchi fuqarolarning yashab turishi uchun uy-joy berilishi, keyinchalik xonadon egalariga maydoni eski uylaridan kam bo’lmaslik sharti bilan yangi binodan bepul xonadon taqdim qilinishi, ushbu turar-joylarga kirib ortiqcha sarf qilmasdan yashashlari mumkinligi ma'lum qilindi.
Quruvchilarga ham qurilish ishlari sifatli bo’lishi, qurilish jarayonlari doimiy nazorat qilib turilishi tushuntirildi.
0,43 gektar maydonda barpo etilayotgan ko’p qavatli turar-joy binolariga qo’shimcha ravishda avtoturargoh, bolalar maydonchalari, yo’laklar va yashil maydon tashkil etish ham belgilangan.
Xonadon egalari Davlatimiz rahbarining viloyatimiz rivoji, o’zlariga berilayotgan alohida e'tiborlari uchun o’z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.
Nuroniylar boshlanayotgan qurilish ishlarini hayrli bo’lishligini tilab, duolar qildilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram