Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZDAGI SHAHAR VA TUMANLAR HOKIMLARI, ULARNING IJTIMOIY MASALALAR BO’YICHA O’RINBOSARLARI VA XALQ TA'LIMI BO’LIMLARI MUDIRLARI ISHTIROKIDA TA'LIM TIZIMI OLDIDA TURGAN USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
2024-07-24 19:21:26 2880
Qo’qon shahridagi 23-maktabda “Qo’qon shahridagi oliy va professional ta'lim, maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi o’quv seminari davom etmoqda.
Bugun viloyatimizning shahar va tumanlari hokimlari, ularning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari hamda xalq ta'limi bo’limi mudirlari ushbu maktabda bo’ldilar.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Prezident maslahatchisining birinchi o’rinbosari G’ayratulla Yoziyev, Prezident maslahatchisi o’rinbosari Qahramon Sariyev, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o’rinbosari Farhod Boqiyev ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda viloyatimizda ta'lim tizimi oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi, maktablardagi ta'lim, tarbiya va ma'naviyat darajasini ko’tarish masalasi yuzasidan fikr almashildi.
Dastlab ishtirokchilar maktabda tashkil etilgan kasb-hunarga o’rgatish bo’limidagi pazandachilik, duradgorlik, o’yinchoq yasash, sartaroshxona, tikuvchilik xonalaridagi, axborot-resurs markazi, ingliz, nemis tiliga o’qitish xonalaridagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu maktab 1965 yilda qurilgan bo’lib, yillar davomida ta'mirlash ishlari olib borilmagani bois, 940 o’ringa mo’ljallangan maktabda yaqingacha 250 nafardan ortiq o’quvchilar tahsil olayotgan edi. Sharoit yetarli bo’lmagani sabab ota-onalar farzandlarini boshqa maktablarga berishgan.
2021 yilda maktab mahalliy byudjet mablag’lari, maktabni avval bitirib ketgan sobiq bitiruvchilari hamda tadbirkorlarning homiylik mablag’lari hisobiga to’liq qayta ta'mirlanib, ko’rkam qiyofa kasb etdi. Barcha kerakli jihozlar bilan ta'minlandi. Maktabda 1100 ga yaqin o’quvchilarga ta'lim berilmoqda. O’tgan yili bitiruvchilarning oliy ta'limga o’qishga kirish qamrovi 50 foizni tashkil qilgan bo’lsa, bu yil ushbu ko’rsatkichni 70 foizga yetkazish kutilyapti. Mehmonlarga ushbu jarayonlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Yig’ilishda shahar va tumanlar hokimlari, ularning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari hamda xalq ta'limi bo’limlari mudirlariga Prezidentimizning ta'lim tizimidagi topshiriqlarini ijrosini ta'minlash shartligi, hokimlarning ta'limga e'tiborlarini yanada oshirish kerakligi qayd etilib, o’quvchilarning yaxshi ta'lim-tarbiya olishlari uchun o’z hududlarida ham ushbu maktabdagi kabi sharoitlarni yaratish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Shu bilan birga shahar va tuman hokimlarining hududlaridagi mahallalar qiyofasini o’zgartirish, joylarda infratuzilma bilan bog’liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish, ehtiyojmandlarga ko’mak berish masalalariga ustuvor e'tibor qaratish borasida ko’rsatmalar berildi.
Shu kuni Qo’qondagi Ittifoq mavzesi hududidagi ko’p qavatli uylarga tutash hududda joylashgan bino-inshootlarda “Obod xonadon”, “Obod ko’cha”, “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan qurilish, ta'mirlash ishlari bilan ham yaqindan tanishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram