Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
UCHKO’PRIKDA “QUANTITY CLASS” MCHJ UN VA UN MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASINING LOYIHA QIYMATI 7 MLN. DOLLAR BO’LGAN IKKINCHI BOSQICHI ISHGA TUSHIRILDI
2024-07-24 19:51:10 3142
Bugun “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida “Quantity Class” MChJ un va un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining ikkinchi bosqichi tantanali tadbir bilan ishga tushirildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Azizbek Ikramov ishtirok etdilar.
Shoxrux Rahmatullayev rahbarligidagi korxonaga qariyb 7 mln. dollar tadbirkorning o’z mablag’lari yo’naltirildi. Korxonada kunlik 500 tonna bug’doyni qayta ishlash yangi quvvati yaratilib, yiliga qo’shimcha 350,5 mlrd. so’mlik mahsulot – 120 ming tonna un, 17 ming 520 tonna kombikorma va 18 ming 380 tonna kepak ishlab chiqarish imkoniyati qo’shildi, 100 ta yangi doimiy ish o’rni yaratildi. “Quantity Class” MChJning mavjud yillik eksport hajmini qo’shimcha 12,5 mln. dollarga oshirish mumkin bo’ladi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi har kuni viloyatimizning barcha hududlarida yangi korxonalar, xizmat ko’rsatish ob'ektlari ochilayotganiga, qurilish, bunyodkorlik, ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotganligini qayd etdi. Buning pirovard natijasida qancha ko’p bunyodkorlik, qurilishlar, yangi sanoat ob'ektlari bo’lsa, uning zamirida eng avvalo, odamlarning ish bilan ta'minlanishi, aholining turmush darajasi oshishiga, moddiy daromadini ko’payishiga sabab bo’lishi ta'kidlandi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-12 iyul kunlari viloyatimizga tashrifi davomida ko’plab yangi ob'ektlarni ko’zdan kechirilgani, ushbu tashrif tarixiy tashrifga aylangani haqida to’xtalib o’tildi. Prezidentimiz tomonidan har bir shahar va tumanni rivojlantirish uchun iqtisodiy yo’l xaritasi tuzib berilgani aytib o’tildi. Shuningdek, Qo’qon sanoat texnoparki tashkil qilish, bundan tashqari, viloyatning boshqa hududlarida ham imkoniyatdan kelib chiqib, sanoat zonalari tashkil etishga ruxsat olingani qayd etildi.
Prezidentimizning qutlug’ tashrifi iqtisodiy tarmoqlarni jadal rivojlantirish, mahallabay tizimni yangi bosqichga ko’tarish, investitsiyalarni faol jalb qilish, qishloq xo’jaligi, qurilish bo’yicha marralarni baland olishga undagani e'tirof etildi.
Qo’qon va Marg’ilon shaharlarida "Yangi O’zbekiston mahalla massivlari" boshlangani aytildi. Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar Farg’onaning ishsizlikdan holi hududga aylantirishga, yashayotgan aholini turmush darajasini yaxshilashga, daromad miqdorini oshirishga qaratilgani ta'kidlandi.
Bugun foydalanishga topshirilgan yangi korxona ham bunyodkorliklarning, Prezidentimiz yaratib berayotgan shart-sharoitlarning bir mahsuli ekanligi ma'lum qilindi.
Nuroniylar ishtirokida duolar qilinib, ramziy lenta qirqildi hamda korxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram