Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA – TAILAND ISHBILARMON DOIRALARI VAKILLARI ISHTIROKIDA BIZNES-FORUM BO’LIB O’TDI

×

 2024-07-25 16:11:58    3277

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyida Farg’ona viloyati va Tailand ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum bo’lib o’tdi.

Tailand qirolligi Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari Departamenti direktori Psusist Vongsuravat boshchiligida viloyatimizga tashrif buyurgan Tailand delegatsiyasi tarkibidan tibbiyot, turizm, savdo, transport va logistika, energetika sohalarida faoliyat yurituvchi 7 ta yetakchi kompaniyalarning 20 ga yaqin vakillari joy olgan.

Forumda viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov so’z olib, Farg’ona viloyati va Tailand qirolligi o’rtasida yaqin do’stlik va iqtisodiy hamkorlik aloqalari shakllanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

So’nggi yillar davomida viloyatimizda Tailand Qirolligi sarmoyasi ishtirokida 4 ta korxona tashkil etilgani ta'kidlandi. Xususan, Tailandning "Royal Thai Group" kompaniyasi tomonidan viloyatning to’qimachilik sanoati va turizm sohalariga 28,5 mln. dollar miqdorida investitsiyalar kiritilgani ma'lum qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Savdo-sanoat palatalari o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, Farg’ona viloyati va Tailand ishbilarmon doiralari o’rtasidagi sheriklik aloqalarini kengaytirishdan o’zaro manfaatdorlik bildirildi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish va turizm xizmatlarini takomillashtirish bo’yicha tajriba almashishga qaratilgan qo’shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Farg’ona viloyatining barqaror iqtisodiyot, investitsiya salohiyati, asosiy sanoat tarmoqlari, xorijiy investitsiya ko’rsatkichlari, tashqi savdo ko’rsatkichlari, sanoat zonalari haqida taqdimot ham o’tkazildi.

Shundan so’ng mehmonlar viloyatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko’rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Biznes-forum davomida Farg’ona viloyati va Tailand tadbirkorlari bilan V2V shaklidagi muzokaralar tashkil etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram