Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA ZIYOLILAR VA IJODKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

×

 2024-07-26 15:58:11    3161

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Farg’ona va Andijon viloyatlaridagi oliy o’quv yurtlari professorlari, tarixchilar, shoir va yozuvchilar, ma'naviyat tizimi xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Muloqotda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Xasanov, viloyat hokimining o’rinbosari Sherzod Rahimov ishtirok etdilar.

Samimiy ruhda o’tgan muloqotda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy o’zlikni anglash, buyuk bobokalonlarimiz, allomalar hayotini kelgusi avlodga to’laqonli yetkazishda tarix fanining o’rni xususida fikr almashildi.

Ustozlarga tarixda yashab o’tgan bobokalonlarimiz hayoti va faoliyatini nazariy tushuntirishlar bilan birga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o’rgatish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Buyuk allomalar hayoti aks ettirilgan kinofilmlar yaratish jarayonlarida, tarixiy faktlarni jamlashda, stsenariylar ustida ishlashda tarixchi olimlar hamda kino ustalari hamkorligini oshirish bo’yicha ham atroflicha fikr almashildi.

Bugungi uchrashuvda ko’tarilgan muhim masalalar bo’yicha oliy o’quv yurtlari professorlari, tarixchilar, shoir va yozuvchilar munosabatlari va takliflarini bildirdilar. Farg’ona tajribasi sifatida milliy o’zlik, tarixni o’rganish, ma'naviyat yo’nalishida ziyolilar harakatini tashkil etishga kelishib olindi. 








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram