Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RESPUBLIKADA ILK BOR QUVASOYDAGI OVQATLANISHNING AUTSORSING USULI TASHKIL ETILMAGAN DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TAYYORLANGAN TAOMLARNI YETKAZIB BERISH (KEYTERING) TIZIMI TAJRIBA TARIQASIDA JORIY ETILMOQDA

×

 2024-07-26 20:07:02    2949

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimining 2024 yil 25 iyuldagi 402-11-0-Q/24-sonli “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog’lom ovqatlanishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog’lom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sog’lom va barkamol o’sishini ta'minlash, sog’lom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida qabul qilingan. 

Qaror bilan, Farg’ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Farg’ona va Quvasoy shahar hokimliklarining Quvasoy shahrida joylashgan “Garden catering” qo’shma korxonasi tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) tizimini joriy yil 1 avgustdan Quvasoy shahridagi Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida(ovqatlantirishning autsorsing usuli tashkil etilmagan) 5 oy muddatga joriy qilish hamda tajriba-sinov natijalariga ko’ra yil yakuniga qadar Farg’ona shahridagi Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy etish to’g’risidagi takliflari ma'qullandi. Ushbu tajriba O’zbekistonda birinchi marta sinov tariqasida amalga oshirilmoqda.

Turkiyalik hamkorlar bilan tashkil etilgan “Garden catering” qo’shma korxonasida Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan sog’lom ovqatlanish talablari asosida bolalar uchun belgilangan ratsionda 100 turdan ziyod taomlar, salatlar hamda desertlar tayyorlanishi, korxonaga 12 nafar turkiyalik yuqori malakali shef-oshpazlar hamda 2 nafar sog’lom ovqatlanish bo’yicha injener-texnologlar jalb etilgani sinov tajribasi uchun ushbu kompaniyani tanlab olishda asos bo’lgan. 

Davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan olib borilayotgan doimiy o’rganishlar davomida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oziq-ovqat mahsulotlarining talon-taroj qilish, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarining ishlatilishi, ovqat tayyorlash texnologik jarayoniga rioya etmaslik, sanitariya qoidalariga amal qilmaslik holatlari uchrab turgani hamda bu borada huquq-tartibot idoralari tomonidan doimiy choralar ko’rib borilayotganiga qaramay bunday holatlar kuzatilishga davom etayotganidan kelib chiqqan holda, bolalarni sog’lom va sifatli ovqatlantirishning zamonaviy keytering usuli tajriba sifatida tadbiq etilmoqda. 

Ushbu 5 oy muddatlik sinov-tajriba natijasiga ko’ra mazkur tizimni boshqa hududlarda tashkil etish bo’yicha asoslangan takliflar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachiga kiritilishi belgilandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram