Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TURKIYA KOMPANIYALARI QO’QONNING YANGI SHAHARSOZLIK MASTER REJASINI ISHLAB CHIQISHDA VA BRENDINGINI AMALGA OSHIRISHDA ISHTIROK ETISHNI REJALASHTIRMOQDA
2024-07-26 20:39:59 2996
Bugun Qo’qon shahrida Turkiyaning “Hisarcıklıoğlu Grup” kompaniyasi boshqaruv kengashi a'zosi Emin Hisarjikliog’lu boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov, viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Qo’qon shahar hokimi Maruf Usmonov va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Azimjon Yuldashev ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda Qo’qonning yangi shaharsozlik master rejasini ishlab chiqish va samarali joriy etish, shuningdek shaharning xalqaro brendingini qayta shakllantirish masalalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Turkiyaning PAL Policy Analytics Lab kompaniyasi iqtisodiy taraqqiyot va maxsus strategiyalar bo’yicha boshqaruv hamkori Esen Chag’lar, “A Tasarım Mimarlık” kompaniyasi rahbari Ali Osman O’zturk va boshqa mas'ul vakillar ham qatnashdilar.
Qo’qon shahrining turistik salohiyatini yuqori baholagan mehmonlar, yaxshi o’ylangan master reja orqali kichik o’zgarishlar bilan shaharni turistlar uchun yanada jozibador hududga aylantirish imkoniyati yetarli ekaniga ishonch bildirdilar. Tarixiy-madaniy turizm bilan birga ishbilarmonlik va gastronomik turizmlarni ham rivojlantirish uchun ham salmoqli sharoitlar mavjud ekan qayd etildi. Mavjud turistik xizmatlar kontentini boyitish ham samarali bo’lishi ta'kidlandi.
O’zaro hamkorlik jarayonida turk investorlarini Qo’qon shahriga jalb etish masalasida ham fikr almashildi.
Qo’qon turizmini rivojlantirish uchun yangi rivojlanish kontseptsiyasini aniq belgilab olish va bundan kelib chiqqan holda o’rta va uzoq muddatli rejalar ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.
Mehmonlar Qo’qon shahrining diqqatga sazovor joylari bilan ham bevosita tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram