
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATIDA O’TKAZILGAN “KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” KOMPLEKS TARG’IBOT TADBIRLARI DAVOMIDA TASHKILLASHTIRILGAN TANLOV G’OLIB VA SOVRINDORLARI TAQDIRLANDI

2024-07-31 22:07:39 2131
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizda o’tkazilgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ’ibot tadbirlari davomida tashkillashtirilgan tanlov g’olib va sovrindorlarini taqdirladi.
Internetning hayotimizga kirib kelishi qator qulayliklar yaratish bilan birga kiberfiribgarliklarning yangi ko’rinishlari paydo bo’lishiga olib keldi. Oqibatda yurtdoshlarimiz ularning tuzog’iga tushib, aldanib qolish holatlari ko’plab uchramoqda. Viloyatimiz hududida 2024 yilning iyul oyida o’tkazilgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi – “Cyber-month-Ferghana” kompleks targ’ibot tadbiridan ko’zlangan maqsad shu kabi qonunbuzarliklarga barham berish, fuqarolarni ogohlikka undash, internet firibgarliklarining oldini olish, aniqroq qilib aytganda Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Mahalla yettiligi o’rtasida o’tkazilgan “Eng faol mahalla”, nogironligi bo’lgan fuqarolar o’rtasida “Internet tarmog’idan xavfsiz foydalanaman”, tibbiyot xodimlari o’rtasida “Firibgarlardan ehtiyot bo’ling!”, bloger va jurnalistlar o’rtasida aholini kibertahdidlardan ogohlantirishga qaratilgan “Eng yaxshi milliy kontent”, oliy ta'lim muassasalari talabalari o’rtasida “STOP! Cybercrime” nomli ommabop chellenjlar, kibergigiyenani shakllantirish uchun komediya janrida o’tkazilgan “Hajviy roliklar”, fuqarolar o’rtasida kibertahdidlardan ogohlantiruvchi rasmlar, yo’nalishsiz transportlarda “Birgalikda xavfsiz kibermakon sari” targ’ibot tanlovlari kabi jami 11 ta nominatsiyada g’olib va sovrindorlar diplom hamda hamda sovg’alar bilan taqdirlandilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram