Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK BOKSCHILAR PARIJ OLIMPIADASI OLTIN MEDALLARI SARI ZAFARLI YURISHLARNI DAVOM ETTIRMOQDALAR

×

 2024-08-02 09:46:25    2245

PDF yuklash
Chop etish


Frantsiyada bo’lib o’tayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o’yinlarining boks bo’yicha musobaqalarida ishtirok etayotgan farg’onalik bokschilar Olimpiada oltin medallari sari zafarli yurishlarni davom ettirmoqdalar.

Yigitlarimiz orasida birinchi bo’lib ringga ko’tarilgan Lazizbek Mullojonov (-92 kg) ilk bosqichda italiyalik Aziz Muhiddinni mag’lubiyatga uchratib, chorak finalga yo’l oldi. Lazizbek chorak finalda 2021 yilgi jahon chempionatining finalchisi, braziliyalik Keno Machadoga qarshi bahs olib borib, 5:0 hisobida chiroyli g’alabaga erishdi va yarim finalga yo’l oldi. Bu g’alaba bilan Lazizbek Mullojonov Parij Olimpiadasining kamida bronza medalini naqd qilib qo’ydi.

Boks bo’yicha jahon chempioni Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev (-71 kg) ham Olimpiya o’yinlaridagi debyut jangini muvaffaqiyatli o’tkazdi. Misrlik Omar Elavadiga qarshi ringga ko’tarilgan yurtdoshimiz o’zining kuchli va aniq zarbalari qarshisida raqibini 5:0 hisobida ojiz qoldirdi. Endi u 3 avgust kuni yarim final yo’llanmasi uchun jang qiladi.

Bokschimiz Navbahor Hamidova (-66 kg) Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. Hamyurtimiz dastlabki uchrashuvda AQSh vakili Morelle Makkenega qarshi ringga ko’tarilib, ajoyib g’alabaga erishdi va chorak finalga yo’l oldi. Endi u yarim final yo’llanmasi uchun 3 avgust kuni ringga chiqadi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram