![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMASI TANLOVI G’OLIBI ANIQLANDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/a6c7960ef0eacd5504885.jpg)
2024-08-02 16:44:02 2027
Ma'lumki, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondi tomonidan 2024 yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o’rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov e'lon qilingan edi.
Buyurtmanomada - Farg’ona shahri B.Marg’iloniy ko’chasi, 105-uyda tashkil qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi”lari binosini zamonaviy elektrga moslashtirilgan qayta tiklanuvchi energiya manbasi quyoshli panellarni o’rnatish orqali “Quyoshli NNT uyi”ga aylantirish maqsad qilingan bo’lib, 2024 yilning 11 iyun kunidan 11 iyul kunigacha davom etgan hujjatlarni qabul qilish jarayonida viloyat bo’yicha 1 ta davlat buyurtmasiga loyiha topshirildi.
Mazkur loyiha Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasi a'zolari tomonidan ko’rib chiqildi.
Yakuniy natijalarga ko’ra, Qishloq xo’jaligida innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish Agroinnovatsiya jamg’armasi viloyat hududiy bo’limining “Quyoshli NNT uyi” loyihasi g’olib deb topildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasi qaroriga ko’ra, viloyat Jamoat fondi tomonidan jami 1 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi uchun 300 mln. so’m mablag’ ajratildi.
![](https://telegra.ph/file/a6c7960ef0eacd5504885.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram