Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADAN XITOY SHAHARLARIGA AVIAQATNOVLAR YO’LGA QO’YILISHI REJALASHTIRILMOQDA

×

 2024-08-04 19:38:32    1646

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Chengdu Airlines aviakompaniyasi marketing bo’yicha direktori Syao Libo hamda uning hamkorlarini qabul qildi.

Muloqotda Chengdu Airlines tomonidan Farg’onaga to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish masalasi muhokama qilindi.

Farg’ona va Xitoy o’rtasida yangi aviaqatnovning yo’lga qo’yilishi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo’lishi, hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Viloyat hokimi 11 milliondan ziyod aholiga ega Farg’ona vodiysi, qolaversa, Chin yurti uchun ham yangi havo qatnovini yo’lga qo’yish zarurligini bildirdi. Ushbu qatnovlar orqali ham iqtisodiy ham savdo-sotiq, turizm sohalari rivojlanishida muhim ekanligi qayd etildi.

O’zbekiston va Xitoy o’rtasida aviaqatnovlar kam bo’layotganini ma'lum qilgan kompaniya vakili Syao Libo, boshlanishiga 90 o’rinlik samolyotlar yo’lga qo’yilishi maqsadga muvofiqligini bildirdi. Keyinchalik talabdan kelib chiqib, sig’imi katta avialaynerlardan foylanish mumkinligi aytildi.

Viloyat rahbari Farg’onadan Guangjou, Urumchi, Shanhay, Chengdu shaharlariga qatnovlarning amalga oshirish manfaatli bo’lishini ta'kidlab, bu borada kerakli ko’mak ko’rsatilishini ma'lum qildi.

Chengdu Airlines kompaniyasi Xitoy Xalq Respublikasi hududlaridagi parvozlarga ixtisoslashgan aviatashuvchi hisoblanib, 2010 yilda tashkil topgan. Hozirda kompaniyada 78 ta samolyot bo’lib, shundan 50 tasi uzoq masofalarga 28 tasi esa yaqin masofalarga parvozlarni amalga oshirishga mo’ljallangan.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram