Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MILLIY GVARDIYA VA MUDOFAA ISHLARI BOSHQARMALARI HARBIY XIZMATCHILARIGA EKOSHAHARDA YANGI XONADONLAR KALITLARI TOPSHIRILDI

×

 2024-08-05 20:07:37    1785

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’onadagi Ekoshahar – “Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 16 qavatli uylardan Farg’ona viloyati bo’yicha Milliy gvardiya boshqarmasi hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmalari harbiy xizmatchilariga yangi xonadonlar kalitlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Azizbek Ikramov, Milliy gvardiya viloyat bo’yicha boshqarma boshlig’i Shavkat Akbarov ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, harbiy xizmatchilarni yangi uylar bilan qutlab, Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimizda har jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz manfaatlariga, inson qadrini ulug’lashga, osoyishtaligimizni munosib himoya qilishga xizmat qilayotganligiga e'tibor qaratdi. Huquqni muhofaza qiluvchi va mudofaa organlari faoliyatini takomillashtirish va ularning xizmatchilari uchun qulay sharoitlar yaratish borasida ham katta ishlar olib borilayotganligi qayd etildi. Prezidentimizning ko’rsatmalari bilan barpo etilgan Ekoshaharda bugun topshirilayotgan yangi xonadonlar ham Davlatimiz rahbarining g’amxo’rliklari natijasi ekani ta'kidlandi.

Bugun Farg’ona viloyati bo’yicha Milliy gvardiya boshqarmasining 20 nafar hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasining 20 nafar xizmatchilariga yangi xonadonlar kalitlari tantanali topshirildi. Yangi xonadonga ko’chib kirayotgan oilalar vakillari so’z olib, harbiylarga e'tibor va rag’bat uchun Prezidentimizga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Xonadonlardagi yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishib, ularning egalari bilan suhbatlashilgandan so’ng nuroniy otaxonlar duoga qo’l ochib, osmonimiz musaffoligi va shunday shodiyona kunlar bardavom bo’lishi uchun ezgu niyatlar bildirdilar, Prezidentimiz haqlariga duo qildilar.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram