Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DAVLATIMIZ RAHBARINING TOPSHIRIG’I BILAN FURQAT TUMANIDA MILLIY HUNARMANDCHILIK SOHASIGA IXTISOSLASHGAN ZAMONAVIY UMUMTA'LIM MAKTABI TASHKIL ETILMOQDA

×

 2024-08-07 22:51:13    1172

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Furqat tumanidagi O’zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusov rahbarligidagi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida bo’lib, milliy hunarmandchilik sohasiga ixtisoslashgan zamonaviy umumta'lim maktabini tashkil etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yog’och o’ymakorligi, mebelsozlik, zardo’zlik va naqqoshlik kabi hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan ushbu zamonaviy umumta'lim muassasasi, Davlatimiz rahbarining toshpiriqlari asosida Qo’qonboy mahallasidagi sobiq suv xo’jaligi binosini mahalliy byudjet mablag’laridan qayta ta'mirlash, infratuzilma, axborot-kutubxona markazi, asbob-anjomlar, moddiy-texnika va xom ashyo bazasi bilan ta'minlash hisobiga barpo etilmoqda.

Ta'mirlash ishlarining borishini ko’zdan kechirgan viloyat hokimi, ishlarni jadallashtirish, muddatida va sifatli yakunlash bo’yicha mutasaddilarga tegishli ko’rsatmalar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda viloyatimizga tashrifi davomida “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida bo’lib, usta Muhammadali Yunusov bilan suhbatlashgandi, mazkur oilaviy korxona yonida maktab tashkil etish, unda hunarlar bilan birga matematika, geometriya, fizika, kimyo kabi fanlarni ham chuqurlashtirib o’qitish muhimligini ta'kidlagandi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram