Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUVAYDADAGI "PONSOD" MAHALLASINI OILAVIY MEBELSOZLIKNI RIVOJLANTIRISH ORQALI "ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD”GA AYLANTIRILISHIGA ERISHILMOQDA

×

 2024-08-07 23:53:58    1302

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Buvayda tumanida bo’lib, oilaviy tadbirkorlik, aholini o’zini o’zi band qilish orqali daromadini oshirish bo’yicha mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

“Ponsod” MFY hududida 765 ta xonadon mavjud bo’lib, 400 dan ziyod xonadon uy sharoitida mebel va stol-stullar ishlab chiqarish ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Ushbu hunar bilan 1200 ga yaqin aholi vakillari doimiy mehnat bilan band bo’lmoqda.

Ular asosan hunarmandchilik (stol-stul karkaz va boshqalar), mebel va yog’ochdan ishlangan boshqa xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda. Buning ortidan oyiga 10 mln. so’mdan 15 mln. so’mgacha daromad olishga erishishmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat viloyatimiz, balki respublikamizning boshqa hududlariga shuningdek, qo’shni respublikalarga xam eksporti amalga oshirib kelinmoqda.

Bugungi kunda mazkur hududni oilaviy mebelsozlikni rivojlantirish orqali “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirilishiga erishilmoqda.

Viloyat hokimi xonadonlarda bo’lib, ish jarayonlarini ko’zdan kechirdi, usta-hunarmandlar bilan suhbatlashdi. Ularning olib borayotgan ishlarini yuqori baholadi. Hunarmandlarning o’z faoliyatlarini kengaytirish, bank krediti olish bilan bog’liq murojaatlari ham ijobiy hal etildi.

Shu joyda tuman sektorlari rahbarlari va tuman hokimining o’rinbosarlariga xonadon egalariga har tomonlama ko’mak berish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram