
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
JORIY YILDA VILOYATIMIZ FERMERLARI 310 MING TONNADAN ZIYOD PAXTA XIRMONI YARATISHNI KO’ZLAMOQDALAR

2024-08-08 00:07:11 1152
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Buvayda tumanidagi “Jannat diyor”, “Qo’ng’irot zamin ko’rki”, “Ko’lobod baraka”, “Tursunoy momo Manzura” va boshqa qator fermer xo’jaliklari dala maydonlarida bo’lib, paxta yig’im-terimiga kirishish oldidagi so’nggi agrotexnik tadbirlarni to’g’ri amalga oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
G’o’za maydonlarini defoliatsiyalashni g’o’zaning biologik yetilganligiga qarab o’z muddatida va sifatli o’tkazish, qo’llaniladigan defoliantlarni to’g’ri tanlash bo’yicha mutasaddilarga tavsiyalar berildi.
Ma'lumot o’rnida, joriy yil viloyatda jami 77 ming 830 gektar maydonda g’o’za parvarish qilinmoqda. Ushbu maydonlardan o’rtacha 40 tsentnerdan 311 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram