Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHRIDA TADBIRKORLAR KENGASHI TASHKIL ETILDI

×

 2024-08-08 00:16:51    1408

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon shahar hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga marg’ilonlik 200 nafarga yaqin tadbirkorlar va qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-12 iyul kunlari viloyatimizga tashrifi davomida Marg’ilon shahrida ham bo’lib, shaharni yangicha ko’rinishga keltirish, massivlar barpo etish bo’yicha berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan amaliy ishlarga kirilganini qayd etdi.

Bu jarayonda marg’ilonlik tadbirkorlar tashabbus ko’rsatishlari, salohiyatini ishga solib, berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, sarmoyasini ko’paytirishi, odamlarni bandligini ta'minlash, daromadini oshirishga ko’maklashishda asosiy kuch ekanligi ta'kidlandi.

Tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning mavjud muammolariga yechim izlash, tarmoqlarini yanada kengaytirish va boshqa qator masalalarni hal etilishi bo’yicha nazoratni yo’lga qo’yish maqsadida Marg’ilonda Tadbirkorlar kengashi tashkil etilishiga kelishildi. Ushbu kengash faoliyatini bevosita viloyat hokimi nazorat qilishi belgilandi.

Uchrashuv davomida “Yangi hayot” ko’chasida joylashgan 110 gektar yer maydonida “Burhoniddin Marg’iloniy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” hamda zamonaviy shaharcha loyihasi, yangi qurilishlar, istirohat bog’ini qayta ta'mirlash, kichik sanoat zonalari bosh rejasi taqdimotlari o’tkazilib, ushbu qurilish ishlarida marg’ilonlik tadbirkorlar va qurilish tashkilotlari rahbarlari bosh bo’lishi kerakligi qayd etildi.

Muloqotda tadbirkorlarning takliflari tinglandi, ularning faoliyatlarini kengaytirish, ish o’rni sonini ko’paytirish bilan bog’liq masalalari ko’rib chiqilib, murojaatlarga ijobiy yechim belgilandi.

Uchrashuv davomida haftaning har shanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etilishiga kelishildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram