Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 134 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI VA ENERGIYA TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI JADALLASHTIRISH MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN VILOYAT KO’RGAZMALI SEMINARI BO’LIB O’TDI

×

 2024-08-09 15:45:37    1182

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida energiya yetkazib beruvchi korxonalar va boshqa ob'ektlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag’ishlangan viloyat ko’rgazmali seminari bo’lib o’tdi.

Mazkur seminarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, viloyat bojxona, energetika sohalari mutasaddilari, tijorat banklari rahbarlari, fermer xo’jaligi rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrni yashil energetikasiz tasavvur qilib bo’lmasligini, bu jarayonda muqobil energiyalardan foydalanish eng samarali usul ekanligini ta'kidladi.

Aytib o’tilganidek, joriy yilda viloyatda elektr energiyadan 1 mlrd. 534 mln.kVt, tabiiy gaz bo’yicha 684 mln. kub metr iqtisod qilish rejalashtirilgan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun elektr energiyasi yo’nalishida 14 ta, tabiiy gaz yuzasidan 12 ta yo’nalishni o’z ichiga olgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va shu asosda ish olib borilmoqda.

2024 yilning shu kuniga qadar viloyatda 36 MVt quyosh panellari o’rnatilib, ishga tushirildi. E'tiborli jihati, buning 15,8 MVti mahalliy tadbirkorlar hissasiga to’g’ri kelmoqda. Ko’rgazmali seminar tashkil etilgan maskan Oltiariq tumanidagi “Nirt Fruit” muzlatkichli meva-sabzavot saqlash omboriga ham 300 kVtli quyosh panellari o’rnatilgan bo’lib, bu yerda ishlab chiqarilayotgan elektr energiya extiyojning 30 foizini qoplamoqda. Korxona rahbari Nuritdin Aliqulov jamiyat faoliyati va o’rnatilgan quyosh panellari kutilgan natijani berayotgani ham daromad qilib, elektr energiyasini iqtisod ham qilinayotganligi bo’yicha gapirib o’tdi.

Seminarda shuningdek, quyosh paneli tushunchalari, tejamkor gorelka avfzalliklari, quyosh panellari uchun ajratilinadigan kreditlar hamda quyosh paneli rasmiylashtirilishi bo’yicha mas'ul mutasaddilarning ma'ruzalari ham tinglandi.

Davlatimiz rahbarining tegishli qarorlari asosida olib borilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari prokuratura idoralari tomonidan nazorat qilinyapti. Bunda asosiy e'tibor, ulgurji va chakana iste'molchilarga sifatli quyosh panellarini hamda xavfsiz energiya tejovchi vositalarni yetkazib berilishiga qaratilgan.

Ko’rgazmali seminarda energiya tejamkor vositalar va quyosh panellari yetkazib beruvchi korxonalar o’z mahsulotlari bilan ishtirok etib, har bir texnologiya yuzasidan aniq ma'lumotlar berdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram