Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA “MIRZO ULUG’BEK VORISLARI” RESPUBLIKA TANLOVI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

×

 2024-08-10 21:32:03    936

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda keyingi yillarda yangi avlodni har jihatdan barkamol – yuksak bilim va tafakkurli, kuchli intellektual salohiyatli qilib tarbiyalash borasida keng qamrovli sa'y – harakatlar olib borilmoqda. Ayni jarayonda ta'lim va tarbiya jarayoni o’zaro uyg’unlashtirilib, kelajagimiz vorislarini milliy qadriyat va an'analar, yurtga sadoqat, vatanparvarlik hamda ajdodlar merosiga hurmat va e'tirom ruhida kamolga yetishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotir.

Vazirlar Mahkamasi qarori asosida 2022 yildan boshlab yurtimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo’llab – quvvatlash maqsadida “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovini o’tkazish yaxshi an'anaga aylandi. Xususan, joriy yilning besh oyi davomida ushbu tanlovda qatnashish uchun 3162 nafar farg’onalik yigit – qizlar nomzod sifatida www.vorislari.uz sayti orqali ro’yxatdan o’tgan edi.

Tanlovning birinchi tuman – shahar bosqichi mart – aprel oylarida o’tkazilib, tanlov nizomiga ko’ra, xar bir hududdan 16 – 25 yoshgacha bo’lgan navqiron avlod vkillari dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan o’z loyihasi orqali ishtirok etdi. Shu tariqa birinchi bosqichda 95 nafar g’olib aniqlanib, viloyat bosqichiga yo’llanma oldi. 25 – 26 aprel kunlari o’tkazilgan viloyat bosqichida esa 20 nafar nomzod saralab olinib, respublika bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritdi.

Shu yilning 20 – 24 may kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etgan 20 nafar farg’onalik yoshlarning 7 nafari g’olib bo’lib, “Ulug’bek” jamg’armasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti hamda diplomlar bilan taqdirlandi.

Farg’ona shahrida joylashgan Lolaxon Murotova nomidagi viloyat qishloq xo’jaligiga ixtisoslashtirilgan kasb – hunar maktabi binosida bo’lib o’tgan taqdirlash marosimida viloyat hokimligi tomonidan 95 nafar tuman va shahar bosqichi g’oliblarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari, viloyat bosqichining 20 nafar g’oliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida bir martalik pul mukofotlari topshirildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram