Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILON SHAHRIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
2024-08-10 22:05:31 1062
Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-12 iyul kunlari viloyatimizga tashrifi davomida Marg’ilon shahrida ham bo’lib, nuroniylar hamda faollar bilan samimiy muloqotda bo’ldi.
Uchrashuvda ko’hna va hamisha navqiron shaharni zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirish bo’yicha bir qator ezgu tashabbuslar ilgari surildi. Yaqinda bu borada belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shaharni yangicha ko’rinishga keltirish, zamonaviy massivlar bunyod etish bo’yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bo’yicha marg’ilonlik tadbirkorlar hamda qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashgan edi.
Muloqotda tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, mavjud muammolarga yechim izlash, sanoat va ishlab chiqarish tarmoqlarini yanada kengaytirish kabi ustuvor masalalarni hal etish uchun tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida Tadbirkorlar kengashi tashkil etildi. Shu tariqa haftaning har shanba kuni Marg’ilonda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
Shu maqsadda bugun Marg’ilon shahridagi “Oltin vodiy” MChJning sifatli metall mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, marg’ilonlik 50 nafardan ziyod tadbirkorlar va qurilish tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.
Yuzma-yuz muloqotda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov davlatimiz rahbarining tashrifi davomida Marg’ilon shahri aholisi turmush farovonligini yuksaltirish hamda tadbirkorlik muhitini yangi bosqichga olib chiqish uchun belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini bamaslahat bajarish maqsadida bugungi uchrashuv tashkil qilinganini qayd etdi. Ayni kunlarda Marg’ilon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, infratuzilma xizmatlari faoliyatini yanada yaxshilash uchun qarorlar tayyorlanayotganligini ta'kidladi.
Xususan, shaharning “Yangi hayot” ko’chasida joylashgan 110 gektar yer maydonida “Burhoniddin Marg’iloniy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” hamda zamonaviy shaharcha qurilishi boshlangani, kichik sanoat zonalari uchun yer maydoni ajratilgani ma'lum qilinib, ushbu qurilish ishlarida marg’ilonlik tadbirkorlar bosh bo’lishi kerakligiga e'tibor qaratildi.
Uchrashuvda tadbirkorlar mazkur qurilish jarayonlarida munosib ishtirok etish maqsadida yangi loyihalari hamda takliflari taqdimotini o’tkazishdi.
Viloyat hokimi har bir tadbirkor bilan yuzma-yuz muloqot qilib, faoliyatini kengaytirish uchun yer maydoni olish, yangi massiv hududida amalga oshirmoqchi bo’lgan loyihalar, ijtimoiy ob'ektlar bo’yicha tadbirkorlarning taklif va murojaatlarini tingladi. Har bir tadbirkorning murojaati yozib olinib, ijobiy hal etilishi bo’yicha tegishli mas'ullar biriktirilishi va tez fursatlarda yechimi yuzasidan xabardor qilinishi aytib o’tildi.
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlarning bu boradagi takliflari va muammolari bilan ishlash, o’zaro fikr almashish uchun telegramda alohida guruh ham tashkil etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram