Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI ISTIQBOLLI TADBIRKORLIK LOYIHASI BILAN TANISHDI

×

 2024-08-10 22:23:42    1303

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Marg’ilon shahrida Tadbirkorlar kengashining ilk muloqotida ishtirok etib, uchrashuv mobaynida istiqbolli tadbirkorlik loyihalari bilan ham tanishdi.

Uchrashuvda “Ermak” savdo belgisi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbari Valijon Salihov viloyat hokimiga Farg’ona shahridagi kimyo texnoparki hududida amalga oshirilayotgan investitsion loyihasi haqida ma'lumot berdi.

Muloqotda ushbu loyihasini yanada kengaytirish maqsadida korxona hududi yonidan yer maydoni so’rab murojaat qildi.

Yuzma-yuz muloqotdan so’ng viloyat rahbari tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha bilan joyiga borib tanishdi.

Kompaniya yangi biznes-rejaga ko’ra, Farg’ona shahridagi kimyo texnoparki hududidagi binoda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, bolalar yeguliklari, yong’oq, holva, qurtova hamda ayron ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Loyiha qiymati 2,5 million dollar bo’lib, bir yil davomida loyihani to’liq ishga tushirish ko’zda tutilgan. Natijada 120 nafar mahalliy aholi vakillari doimiy ish o’rni bilan ta'minlanadi.

Tadbirkorning murojaatini tegishli tartibda ko’rib chiqish bo’yicha mas'ullarga topshiriq berildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram