Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHRIDA “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVI QURILISHI UCHUN YER TEKISLANIB, POYDEVOR ISHLARIGA KIRISHILDI

×

 2024-08-12 09:04:41    991

PDF yuklash
Chop etish


Shu yil 12 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga tashrifi chog’ida Quva tumanida Farg’ona viloyatini ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalar ijrosiga bag’ishlangan faollar yig’ilishi o’tkazildi. Unda davlatimiz rahbari yaqin istiqbolga belgilangan vazifalar doirasida Qo’qon va Marg’ilon shahri, tumanlar markazlarida "Yangi O’zbekiston” massivi qurilishi loyihasini mahalla darajasigacha tushirish topshirig’ini bergan edi.

Shuningdek, viloyatda ba'zi mahallalar qiyofasi eskiligicha qolib ketayotganiga tanqidiy e'tibor qaratilib, shahar va tuman markazlarida 5 tadan eski mahallalarni tanlab olish, 7–10 qavatli uylar qurish uchun xususiy sektorni jalb qilish hamda yangi uylarni birinchi navbatda ushbu mahalla aholisiga berish bo’yicha ko’rsatmalar berilgandi.

O’tgan qisqa vaqt ichida topshiriq ijrosi yuzasidan Marg’ilon shahrining Yangihayot ko’chasida joylashgan 75 gektar yer maydonida 6 ming xonadonli “Yangi O’zbekiston” massivini bunyod etish maqsadida bosh reja ishlab chiqildi. Unga ko’ra, “Yangi O’zbekiston” massivida zamonaviy mezonlar asosida qad rostlaydigan ko’p qavatli uylardan tashqari, loyiha qiymati 50 million dollar bo’lgan savdo kompleksi, biznes markazi hamda 2 ta maktab, 6 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti va 2 ta ko’p tarmoqli tibbiy klinika qurilishi ham ko’zda tutilgan.

O’z navbatida yangi massivda turar–joy binolariga qo’shimcha ravishda aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun ko’ngilochar maskanlar ham barpo etiladi. Landshaft arxitekturasi asosida yashil xiyobonlar tashkil etiladi hamda manzarali daraxtlar alleyalari yaratiladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kecha “Yangi O’zbekiston” massivida bo’lib, qurilish–pudrat tashkilotlari rahbarlari, quruvchi va me'morlar bilan suhbatlashdi. Tadbir davomida poydevor ishlariga kirishilib, ezgu niyatlar yozilgan kelajakka maktub maxsus idishga solindi va tantanali ravishda ko’p qavatli uylarning yerto’la qismini betonlashtirish ishlari boshlandi.

Bir guruh faollar, nuroniylar bunyodkorlik ishlari xayrli bo’lishi uchun ezgu niyatlarini bildirib, duoga qo’l ochishdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram