![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZDA QURILISH – BUNYODKORLIK SOHASI FIDOYILARI MEHNATI YUKSAK E'TIROF ETILDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/7f8d24b0ea3c60782366d.jpg)
2024-08-12 09:22:34 997
Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida O’zbekiston quruvchilarining kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyatimiz qurilish sohasida faol va fidokorona mehnat qilayotgan mohir quruvchi va muhandislar, usta va me'morlar, loyihachi va pudratchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi tadbir ishtirokchilarini kasb bayrami bilan samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Ta'kidlab o’tilganidek, muhtaram Prezidentimizning quruvchilar kuni munosabati bilan yo’llangan bayram tabrigida mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo’lgan ushbu soha xodimlarining sharafli, shu bilan birga mashaqqatli mehnati yuksak e'tirof etildi.
Ezgu tashabbuslar doirasida keyingi yillarda Farg’ona viloyatida ham keng ko’lamli qurilish–bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, Yangi Farg’onaning o’ziga xos yangi timsoli yaratilmoqda. Xususan, bundan atigi ikki yarim yil oldin davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi chog’ida Farg’ona shahrida “Yangi O’zbekiston” massivi–Ekoshahar qurilishi bo’yicha loyiha taqdimoti o’tkazilgan edi.
Shu yilning 11–12 iyul kunlari Prezidentimiz ishtirokida 300 gektar maydonda 65 ming aholi istiqomat qilishi mo’ljallangan ushbu zamonaviy shaharchaning tantanali ochilish marosimi o’tkazildi. Hozirda bu yerda loyihaning keyingi bosqichlari uchun rejalashtirilgan qurilish ishlari jadal davom etmoqda.
Aynan davlatimiz rahbarining joriy yilgi tashrifi mobaynida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Marg’ilon shahrida “Yangi O’zbekiston” massivi va ushbu hududda “Burhoniddin Marg’iloniy ilmiy–ma'rifiy markazi” qurilishi uchun poydevor ishlariga kirishildi. Yaqin vaqt ichida Qo’qon shahrida ham zamonaviy shaharcha qad rostlashi uchun loyihalashtirish ishlari yakuniga yetkazilyapti. Umuman olganda, yaqin istiqbolda qurilish–bunyodkorlik ishlari qamrovi viloyatning har bir shahar–tumani miqyosida keng quloch yozishi maqsad qilingan.
- Bu borada sondan sifat bosqichiga o’tish vaqti keldi. Ayni jarayonda dunyoning iqtisodiy, tadbirkorlik, turizm markazlari bo’lgan megapolis shaharlar qurilishi bizga yaxshi tajriba bo’ladi. Boisi o’ziga xos me'moriy yechimga ega, zamonaviy shaharsozlik arxitekturasi an'analari asosida amalga oshirilgan ulkan qurilish–bunyodorlik ishlari nafaqat me'morchilik sohasi yutuqlari hisoblanadi, shu bilan birga mamlakatning kuch–qudrati, salohiyatini ham namoyon etadi. Bu xususda gap ketganda, Amir Temur bobomizning “Kim bizning qudratimizga shubha qilsa, biz qurdirgan imoratlarga boqsin” degan hikmatli iborasini eslab o’tish o’rinlidir,—dedi viloyat hokimi.
Bayram tadbirida viloyatimizdagi qurilish–bunyodkorlik ishlarida jonbozlik ko’rsatgan bir guruh soha fidoyilariga viloyat hokimining faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari topshirildi.
Tantanali tadbirga elimiz ardog’idagi san'atkor Shohjahon Jo’rayev ijrosidagi kuy–qo’shiqlar yanada fayz, xush kayfiyat baxsh etdi.
![](https://telegra.ph/file/7f8d24b0ea3c60782366d.jpg)
![](https://telegra.ph/file/92a7a75c93d0f9e7270d8.jpg)
![](https://telegra.ph/file/97296079cd0c623cf5373.jpg)
![](https://telegra.ph/file/24c463999fa39d6e71154.jpg)
![](https://telegra.ph/file/017e8e96a136de8877d3c.jpg)
![](https://telegra.ph/file/f63aa5b4b88b6fb69a43d.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram