Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XXXIII YOZGI OLIMPIADA CHEMPIONLARI VA ISHTIROKCHILARI TANTANALI KUTIB OLINDI

×

 2024-08-13 17:06:04    1016

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona xalqaro aeroportida Frantsiyaning Parij shahrida bo’lib o’tgan XXXIII Yozgi Olimpiada o’yinlarida ishtirok etgan farg’onalik sportchilar tantanali ravishda kutib olindi.

Shu munosabat bilan bu yerda viloyat hokimligi vakillari, sektorlar rahbarlari, murabbiylar, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali tadbir o’tkazildi.

Tantanada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’zga chiqib, Olimpiada chempionlarini hamda ishtirokchilarini samimiy tabrikladi.

– “Parij – 2024” Yozgi Olimpiada o’yinlarida viloyatimiz bokschilari bir kunda ikkita oltin medalni qo’lga kiritishdi, – dedi Xayrullo Bozorov. – Dastlab, 71 kilogrammgacha bo’lgan vazn toifasida finalga yo’l olgan amaldagi jahon chempioni Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev meksikalik raqibi Marko Verdeni 5:0 hisobida mag’lubiyatga uchratib, Farg’ona viloyati sporti tarixida ilk bor Olimpiada o’yinlarining oltin medaliga ega chiqdi. Oradan bir soat o’tib, 92 kilogrammgacha vazn toifasidagi bokschilarning final bahsida Farg’ona boks maktabining yana bir iste'dodli vakili, jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov ozarbayjonlik bokschi Alfonso Domingesga qarshi ringga ko’tarildi. Parijga olimpiadachilarimizni qo’llab-quvvatlash uchun borgan o’zbekistonlik muxlislarning daldasi hamda Asadxo’janing g’alabasidan ilhomlangan Lazizbek ham har uch raundni o’z foydasiga hal qilib, O’zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bitta oltin medalni tuhfa etdi.

Umuman olganda, o’zbekistonlik sportchilar nimalarga qodir ekanligini yana bir bor amalda isbotlab, 206 ta davlat vakillari ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqalarda umumjamoa hisobida faxrli 13-o’rinni qo’lga kiritishdi. Jamoadoshlarimiz 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medallariga sazovor bo’ldilar. Bu Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi va turkiy tilli davlatlar o’rtasidagi eng yuqori ko’rsatkichdir.

Bunday yuqori natijaga erishilishida farg’onalik sportchilarning ham munosib hissasi bor.

Har ikki bokschimizning tarixiy g’alabalari ular tug’ilib o’sgan Rishton tumanidagi Buloqboshi va Farg’ona tumanidagi Log’on qishloqlaridagina emas, balki butun O’zbekistonimizda katta tantana qilindi. Shuncha davlat ichida farg’onalik azamat yigitlarimizning g’alabalari sabab to’rt yillikning eng katta sport musobaqalarida O’zbekiston madhiyasi yangrab, bayrog’imiz yuksaklarga ko’tarilganidan juda baxtiyormiz.

Shuningdek, viloyat hokimi Olimpiada chempionlari – Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayevning ota-onasi Zoxidxo’ja Oxunjonov hamda Gulchehra Oxunjonovalarga, Lazizbek Mullojonovning ota-onasi Hasanjon Husanov va Dilafruz Husanovalarga yurtimiz bayrog’ini jahon uzra baland ko’taradigan mana shunday matonatli va vatanparvar farzandlarni tarbiyalaganliklari uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Tatanali tadbirdan so’ng farg’onalik olimpiadachilar o’tirgan mashinalar Farg’ona shahar markazi tomon yo’l olishdi. Shahrimiz ko’chalarida ularni minglab sport muxlislari va vatandoshlarimiz gullar, olqishlar va “Xush kelibsizlar, chempionlar! Biz siz bilan hamisha faxrlanamiz!” kabi so’zlar bilan kutib oldilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram