Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGIDA XOTIN-QIZLARNING JAMIYATDAGI ROLINI OSHIRISH, GENDER TENGLIK VA OILA MASALALARI BO’YICHA VILOYAT KOMISSIYASINING MUHOKAMA YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI
2024-08-13 19:06:41 833
Bugun viloyat hokimligi kichik majlislar zalida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo’yicha viloyat komissiyasining muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Mazkur yig’ilishda hududiy komissiya raisi, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining a'zosi Manzura Salimova, Respublika Hunarmandlar uyushmasi raisi o’rinbosari Baxtiyor Allakov, tegishli boshqarma va tashkilotlar, tijorat banklari vakillari ishtirok etdi. Hududiy studiyalardan shahar va tumanlar hokimlari o’rinbosarlari – oila va xotin-qizlar bo’limi boshliqlari videokonferentsaloqa orqali yig’ilishda qatnashdilar.
Yig’ilishda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, faolligini oshirish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, ularning bandligini ta'minlash va tadbirkorlikka jalb qilish yo’lida muhim choralar ko’rilayotganiga e'tibor qaratildi.
Qayd etilganidek, Davlatimiz rahbarining topshirig’iga asosan xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash bo’yicha yangicha tizim yo’lga qo’yildi. Ishchi guruhlar tomonidan joriy yilning o’tgan oylarida har bir mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta'minlash masalalari, tadbirkorlikka qiziqishi alohida savolnoma asosida “xonadonbay” o’rganildi.
O’rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, viloyatda ishsiz va ishlash istagidagi xotin-qizlarning aniq manzilli ro’yxati ishlab chiqildi hamda ijroga qaratildi.
Majlisda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo’yicha berilgan topshiriqlarning ijrosi tanqidiy-tahlil qilindi.
Xotin-qizlarni zarur holda kasbga qayta tayyorlash orqali korxona, tashkilot va muassasalardagi zaxiralangan ish o’rinlariga ishga joylashtirish, imtiyozli kreditlar, subsidiya ajratish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb qilish bo’yicha manzilli choralarni amalga oshirish uchun mas'ullarning axborotlari ham tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha zarur topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram