![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
FARG’ONALIK TADBIRKORLARDAN 8 NAFARI «FAOL TADBIRKOR» KO’KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDILAR
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/f0bbeee683df876b54ba4.jpg)
2024-08-14 12:10:12 620
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror o’sish sur'atlarini ta'minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko’tarish, yurtimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, sohaga ilg’or innovatsion, «yashil» va raqamli texnologiyalarni joriy etish, sarmoyalar hajmini ko’paytirish, ish o’rinlari yaratishga qo’shgan munosib hissasi, shuningdek, biznesda erishayotgan salmoqli natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mamlakatimiz tadbirkorlarining katta guruhi «Faol tadbirkor» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlar orasidan 8 nafar viloyatimiz tadbirkorlari ham o’rin oldilar:
Abdurasulov Elmurod Tashpulatovich - Quvasoy shahridagi oilaviy korxona rahbari,
Akbarov Saidaxmad Abduhamidovich - Rishton tumanidagi «Mohi Diyor Roshidon» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari,
Nosirov Jaxongir Mansurovich - Beshariq tumanidagi «Beshagro Eksport» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori,
Parpiyev Sherzod Alikovich - Farg’ona shahridagi «Davr-Ru» xususiy korxonasi rahbari,
Umarova Marifatxon Yuldoshovna - Dang’ara tumanidagi «Vodiy Expo» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari,
Usmonova Gulnora Xoshimjonovna - Bag’dod tumanidagi «Gulnora Matqulobod bodomlari» ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari,
Xayrullayeva Zebiniso Zikireevna - Farg’ona shahridagi «Tantana tekstil» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari,
Erkaboyev Sherzodjon Maxmudaliyevich - Beshariq tumanidagi «Sherwood Dizayn» mas'uliyati cheklangan jamiyati ta'sischisi.
![](https://telegra.ph/file/f0bbeee683df876b54ba4.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram