Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK HAMSHIRALARNI GERMANIYAGA ISHGA YUBORILISHI REJALASHTIRILMOQDA

×

 2024-08-14 16:53:46    1162

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Shveytsariyaning "Globogate Concept AG" tashkiloti biznesni rivojlantirish direktori Yoxannes Meyerni qabul qildi.

Samimiy ruhda kechgan muloqotda farg’onalik hamshiralarni Germaniyaga ishga jalb etish va viloyatda tibbiyot kollejini ochish masalalari muhokama qilindi.

"Globogate Concept AG" tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda Germaniyaga hamshiralarni ishga jalb etib keladi.

500 nafar hamshirani Germaniyaga ishga taklif etish uchun Farg’onada nemis tili kurslarini tashkil etish zarurligini qayd etgan Yoxannes Meyer, 10 oy davomida nemis tili kurslari bepul o’rgatilishi hamda ushbu kurslarda qatnashgan hamshiralar Germaniyaga ishga jo’natilishini ma'lum qildi.

Shuningdek, kompaniya nemis standarti asosida Farg’onada o’rta tibbiyot bo’g’ini kadrlarini tayyorlash loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Dastlab Germaniya tajribasi asosida hamshiralar tayyorlash ko’zda tutilyapti.

Viloyat hokimi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Marg’ilon shahridagi Ibn Sino tibbiyot texnikumida o’quv muassasasini tashkil etish mumkinligini bildirdi. Hamshiralarning nemis tilini o’rganishlari uchun Farg’ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida zarur shart-sharoit mavjudligini ta'kidladi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram