Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XITOYNING YIRIK KOMPANIYALARI RAHBARLARINI QABUL QILDI

×

 2024-08-14 20:14:33    847

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning qurilish, elektrotexnika, muqobil energiya, savdo–sotiq, logistika, suv tozalash hamda issiqlik energiyasi tizimida faoliyat ko’rsatuvchi yirik kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Samimiy muloqotda “Oman China Investment” kompaniyasi rahbari Charlz Su mamlakatimizda, xususan, Farg’onada tadbirkorlik faoliyati uchun qulay investitsiyaviy muhit yaratilganini alohida mamnuniyat bilan e'tirof etdi.

Shuningdek, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va qat'iy pozitsiyasi tufayli ikki tomonlama birdek manfaatli hamkorlik aloqalari yildan yilga rivojlanib borayotganini ta'kidladi. Qayd etilganidek, bu chin o’lkasi tadbirkorlarining yurtimizga investitsiya kiritishida muhim omil bo’lmoqda.

Uchrashuvda bu yirik kompaniya tomonidan ishonchli hamkorlari bilan birgalikda Farg’ona viloyatida tadbirkorlar klasterini tashkil etish rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi.

O’z navbatida yuzma–yuz muloqotda xitoylik investorlar tomonidan viloyatdagi aholi turar joylari, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarini qayta tiklanuvchi, muqobil energiya manbalari bilan ta'minlash maqsadida biznes–loyihalar tayyorlanayotgani aytib o’tildi.  Ayni jarayonda viloyat markazida bunyod etilayotgan Ekoshaharda 1000 megavatli quyosh panellari o’rnatish hamda suv tozalash texnologiyalari loyihalarini amalga oshirish ko’zda tutilayotgani ham e'tiborga loyiq.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tadbirkorlar uchun ixcham, qulay quyosh panellarini nafaqat turar–joy binolari, balki istrohat bog’lari hamda baliq hovuzlari atrofida o’rnatish ham samarali bo’lishini ta'kidladi. Xitoylik sarmoyadorlarni qurilish va shaharsozlik me'morchiligi yo’nalishida Marg’ilon shahridagi 110 gektar maydonda amalga oshirilayotgan yirik loyihalarda ishtirok etishga taklif etdi.

Xitoylik mehmonlar do’stona qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Farg’ona viloyatida ertangi kun istiqboli bilan bog’liq bunday loyihalarni amalga oshirishga investitsiya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram