Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 160 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI YUNESKONING O’ZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI RAHBARINI QABUL QILDI

×

 2024-08-14 20:32:15    935

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadini qabul qildi.

Uchrashuvda joriy yil 19-21 sentyabr kunlari Marg’ilon shahrida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan “Atlas bayrami” milliy matolar festivaliga hozirlik ko’rish, uni o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy masalalar bo’yicha muhokama olib borildi.

Shuningdek, festivalga tashrif buyuruvchi xalqaro ekspertlar va dizaynerlarni kutib olish va festival davomida ular uchun qulay sharoitlar yaratish bilan bog’liq tashkiliy masalalar, festivalni keng miqyosda yoritish uchun xorijiy, respublika va mahalliy OAVlarni jalb qilish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Viloyat hokimi festivalni o’tkazishga yuqori darajada tayyorgarlik ko’rilayotganini ma'lum qilib, barcha tashkiliy masalalar bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar asosida ish tashkil qilinayotganini bildirdi.

Uchrashuvda Marg’ilon shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov, “Hunarmand” uyushmasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Rasuljon Mirzaahmedov ham ishtirok etdilar.

Farg’ona viloyati hokimligi, YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg’ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan ushbu festival Marg’ilon ipakchiligining dovrug’ini dunyoga tanitishda, hunar va san'atga mehri baland insonlarning o’zaro fikr va tajriba almashishida muhim o’rin tutishi bilan ahamiyatlidir.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram