Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI QUVASOY SHAHRIDA ISTIQBOLLI INVESTITSIYA LOYIHALARI BILAN TANISHDI
2024-08-14 20:52:58 906
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Quvasoy shahrida bo’lib, “Pakana” MFY hududidagi sanoat zonasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.
Ayni paytda sanoat zonasida tadbirkor Sherzod Kuryazov tashabbusi bilan umumiy qiymati 14 mln. dollar bo’lgan “Mevani qayta ishlash va quyultirilgan tabiiy sharbat ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Yangi korxona ishga tushirilishi hisobiga yillik quvvati 45 ming tonna mevani qayta ishlash hamda 50 mlrd. so’mlik keng assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan. Loyiha ishga tushishi natijasida korxonada 120 ta doimiy ish o’rni yaratiladi.
Yaqin kunlarda loyiha doirasida Xitoy, Polsha, Turkiya, Shveytsariya davlatlaridan olib kelinayotgan eng zamonaviy texnologiyalarni o’rnatish hamda jihozlash ishlarini boshlash maqsad qilangan.
Tadbirkor Dilmurod Ahmedov esa ushbu hududda qiymati 10 mln. dollar bo’lgan tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi loyihani barpo etishga kirishdi. Shu tariqa kelgusi yili ishga tushirilishi rejalashtirilgan ushbu korxonada 400 ta ish o’rinlari yaratilishiga erishiladi.
Yuzma–yuz muloqotda viloyat hokimi mazkur loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak e'tirof etib, tadbirkorlarga qurilish jarayonlarini jadallashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.
Shuningdek, yangitdan bunyod etilayotgan bu ikki korxonani kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini tezlashtirish va bu boradagi ishlarni tizimli olib borish bo’yicha viloyatdagi mas'ul idoralar rahbarlariga kerakli topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram