Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONALIK BIR GURUH FAOL TADBIRKORLARGA DAVLATIMIZNING YUKSAK MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI
2024-08-15 20:06:16 1258
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so’nggi ikki yildan buyon yurtimizda 20 avgust Tadbirkorlar kuni sifatida keng nishonlanishi yaxshi an'anaga aylandi.
Bu sana munosabati bilan Prezidentimizning tegishli Farmon va Farmoyishiga ko’ra, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, sohada yangi va istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati hamda eksport salohiyatini yuksaltirishga qo’shayotgan ulkan hissasi uchun bir guruh faol va fidoyi hamyurtlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanadi. O’z navbatida o’zining tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatishni yanada kengaytirish, aholi bandligi hamda farovonligini ta'minlash yo’lidagi alohida jonbozligi uchun e'tibor va rag’bat ko’rsatiladi.
Quvonarlisi, bu yil ham bir guruh eng faol tadbirkorlar davlatimizning eng yuksak orden va medallari hamda “Faol tadbirkor” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Bunday yuksak e'tirofga sazovor bo’lganlar orasida 11 nafar farg’onaliklar ham borligini barchamizni behad mamnun etadi.
Bugun Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr–kontsert saroyida orden, medal va ko’krak nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig’ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Vatanimiz mustaqilligining o’ttiz uch yilligi sanasi bilan qutlab, har qanday mamlakat taraqqiyotini ta'minlash, eng avvalo, bu yurtning iqtisodiy salohiyati, qulay tadbirkorlik muhiti yaratilganligi bilan bevosita bog’liq ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan bu borada keyingi yillarda amalga oshirilayotan hayotbaxsh islohotlar yurt ravnaqini ta'minlashga qaratilgan orzu-maqsadlarimizni ro’yobga chiqarish, xalqimiz turmush farovonligini oshirishda muhim omil bo’layotganligiga alohida to’xtaldi.
Shundan so’ng gulduros qarsaklar ostida mukofotlar tantanali tarzda o’z egalariga topshirildi.
Tantanali tadbirda so’z olgan tadbirkorlar bildirilgan yuksak ishonchga munosib bo’lish uchun sidqidildan mehnat qilib, mamlakatimiz, xususan, viloyat iqtisodiyoti yuksalishiga o’z hissasini qo’shish, yangi ish o’rinlari yaratish orqali xalqimiz turmush farovonligini yaxshilash hamda eksport hajmini oshirishga va'da berdilar.
Tadbirdan so’ng Farg’ona shahridagi “Vayn garden” tantanalar majmuasida bayram dasturxoni yozildi. Viloyatimizning taniqli san'atkorlari, ashula va raqs ansambllari ijrosidagi kuy–qo’shiqlar yig’ilganlarga xush kayfiyat baxsh etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating