Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGIDA XITOYNING CHINA STATE CONSTRUCTION KORPORATSIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
2024-08-15 20:47:33 986
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning China state construction korporatsiyasining Markaziy Osiyo bo’yicha vakili Lyu Guan boshchiligidagi mutaxassislarni qabul qildi.
Dastlab Lyu Guan muhandislik shirkati to’g’risida ma'lumot berdi. Qayd etilganidek, China state construction davlatga tegishli yirik muhandislik korporatsiya hisoblanadi. 1982 yil tashkil topgan korporatsiya so’nggi xalqaro reyting natijalariga ko’ra, dunyoning top–500 yirik kompaniyalari orasida 14-o’rinda e'tirof etilgan.
Asosan qurilish, shaharsozlik va loyihalashtirish sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi Xitoyning ushbu gigant korporatsiyasi dunyo bozorida o’z o’rni va mavqeiga ega. Uchrashuvda korporatsiya tomonidan qurilgan yirik binolar, sport o’yingohlari, mehmonxonalar, temir yo’l va avtomagistral yo’llar taqdimoti o’tkazildi.
O’z navbatida viloyat rahbari korporatsiya faoliyati va imkoniyatini yuqori baholab, ularning Farg’onada qurilish, sanoat, kimyo texnologiyasi, obodonlashtirish, yo’l qurilishi yo’nalishlarida ulkan loyihalarda ishtirok etish istagini ma'qulladi.
Muloqotda viloyatimizdagi yangilanish va o’zgarishlardan boxabar korporatsiya vakillari iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida tizimli ravishda hamkorlik qilishdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, dunyo standartlari asosida sanoat zonalarini loyihalashtirish maqsadida yangi ishga tushiriladigan sanoat zonalari loyihalarida qatnashish istagida ekanliklarini ta'kidlashdi.
Korporatsiya vakillariga Marg’ilon va Qo’qon shahrida zamonaviy shaharsozlik qurilishi loyihalari bo’yicha ma'lumot berilib, ushbu loyihalarda korporatsiya mutaxassislari faol ishtirok etishiga ishonch bildirildi.
Tashrif rejasiga ko’ra, korporatsiya vakillari viloyat markazida bunyod etilgan Ekoshahar, Marg’ilon va Qo’qon shaharlari hamda “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram